So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

"Navbahor": SHartnomalar uzaytirildi Yangiliklar

"Navbahor": SHartnomalar uzaytirildi

Qishki yig'inlarni boshlanganligiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramay, bir qator klublarni kelgusi yil rejalarini tuzib chiqishayotgani hech kimga sir emas.
SHartnomasi yakuniga etgan futbolchilar bilan bitimlar muddatini uzaytirilayotganligidan ham barchani xabari bor. O'z navbatida jamoamizda ham shartnoma muddatlarini uzaytirish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng Rahmatillo Berdimurodov, Otabek Valijonov, Alisher Samatov, Robbim Xasanov, Ilhom Boydedaevlar bilan shartnoma muddatlari uzaytirildi.

Demak, ushbu futbolchilar keyingi mavsumda ham aynan “Navbahor” sharafini himoya qilishadi. SHu kunlarda boshqa futbolchilar bilan ham shartnoma muddatlarini uzaytirilishi kutilmoqda. Bundan tashqari yakuniga etgan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan Azim Ahmedov, Botir To'raboev, Azam Alievlarning shartnomalari 2015 yilda ham amalda bo'lishini aytib o'tish joiz. O'z navbatida jamoani kuchaytirish va tarkibdagi raqobatni oshirish uchun yangi futbolchilarni jalb qilish ham rejalashtirilgan. Ochig'ini aytganda so'nggi yillarda “Navbahor”da dekabr oyida kamdan-kam hollardagina futbolchilar bilan shartnoma imzolanayotgandi. Xullas, jamoadagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgarib tarkib o'zagini saqlash qolishga etibor qaratilmoqda. Bu hol navbatdagi chempionatda o'zining ijobiy natijasini berishi turgan gap.

Avval jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovni Namangan viloyat hokimi va klub rahbariyati bilan uchrashib bir qator masalalarni muhokama qilishi haqida malumot bergandik. Rejalashtirilgan uchrashuv bo'lib o'tganligini etirof etish joiz. O'zaro suhbat chog'ida echimini topishi lozim bo'lgan masalalar ko'rib chiqildi. Yaqin vaqt ichida barcha masalalarni ijobiy tarzda hal qilishga kelishib olindi. Bir so'z bilan aytganda qanday vaziyat bo'lishidan qatiy nazar Baxtiyor Ashurmatov kelgusi mavsumda ham “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritadi.

So'nggi kunlarda farg'onalik futbolchilar – Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubovlarni “Neftchi” klubi safiga qaytishlari mumkinligi borasidagi gap-so'zlarni ko'payganligidan xabaringiz bor. Ushbu futbolchilarga chindanam “Neftchi”dan taklif tushganligini aytib o'tish joiz. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda ular Farg'onaga qaytishlari ham mumkin.
Lekin, Saidov va Yoqubovlarni “Navbahor”da qolish ehtimoli ham yo'q emas. Bir so'z bilan aytganda ushbu futbolchilar bilan bog'liq masalaga hozircha to'la oydinlik kiritilganicha yo'q. Bundan biroz oldin jamoamiz azolari “Navbahor” markaziy o'yingohida o'tkazilgan bugungi mashg'ulotni yakunlashdi. Ertaga jamoamiz ikki mahal shug'ullanadi. Ertalab, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilgan yuklamali mashqlar bajarilsa, kunning ikkinchi yarmida esa asosan to'p bilan ishlashga qaratilgan mashqlarga etibor qaratiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика