So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

"Navbahor": Otabek G'ulomxo'jaev selekciya ishlarida faol Yangiliklar

"Navbahor": Otabek G'ulomxo'jaev selekciya ishlarida faol

Yakunlangan mavsumning 2-davrasidan boshlab, Namanganning “Navbahor” klubida o'sha paytda O'zbekiston U-19 yoshlar bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan yosh va mahoratli mutaxassis Otabek G'ulomxo'jaev selekcioner murabbiy sifatida ish boshlagandi.

Ushbu mutaxassis borasida to'liqroq to'xtaladigan bo'lsak, Otabek G'ulomxo'jaev 1982 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan.

O'z paytida futbolchi sifatida faoliyat yuritib, Toshkentning “Mirobod” (2-liga, 1999 yil), shuningdek, o'sha paytda O'zbekiston chempionatining oliy ligasida ishtirok etgan “Traktor” (Toshkent) klubining o'rinbosarlar (2000 yil), bundan tashqari, Andijonning “Andijon” (2001 - 2002 yillar) jamoalarida to'p surgan.

Afsuski, jiddiy jarohat sababli, G'ulomxo'jaev 2002 yili, yani, ayni kuchga to'lgan, navqiron 20 yoshidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.

SHundan so'ng, Otabek G'ulomxo'jaev murabbiylik faoliyaini boshlab, 2003 – 2007 yillar davomida “Paxtakor” futbol akademiyasi, 2008-2019 yillar mobaynida esa “Bunyodkor” futbol akademiyasida faoliyat olib bordi.

SHuningdek, G'ulomxo'jaev 2015-2016 yillarda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo'jaevga yordamchi sifatida faoliyat olib borib, Olimxo'jaev bilan birgalikda mazkur terma jamoani 2016 yili Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tgan U-16 terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga olib borgan.

2018-2019 yillarda esa O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.



Otabek G'ulomxo'jaev yaqinda O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi va endi butun etiborini “Navbahor”ga qaratmoqda.

Buning samarasi o'laroq, yosh hamda kelajagi porloq mutaxassis jamoamizning selekciya ishlarida ancha faol. Boisi, u “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining futbol akademiyalari, shuningdek, O'zbekiston o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalaridagi faoliyati davomida mamlakatimizning ko'plab iqtidorli va mahoratli futbolchilarini shug'ullantirgan hamda ularning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. SHu bois, Otabek G'ulomxo'jaev ayni paytda yurtimizdagi ko'plab yosh va mahoratli futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.

Aynan Otabek G'ulomxo'jaevning selekciya borasidagi say-harakatlari bilan “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga O'zbekistonning 30 nafarga yaqin eng iqtidorli hamda mahoratli futbolchilari jalb etilishgan.

Ulardan qaysinilari murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, o'sha futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.

O'z o'rnida takidlash joizki, aynan Otabek G'ulomxo'jaevning faol harakatlari bois, jamoamizning tarkibi yangi mavsumda ancha yosharishi ehtimoli yuqori.
 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика