So’nggi yangiliklar

15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3

"Navbahor": Muxlislar taklifi Yangiliklar

"Navbahor": Muxlislar taklifi

Teglar :  NavbahorNeftchi
Farg'onada o'tadigan "vodiy derbi"sida muxlislarimiz "Navbahor" qizg'in qo'llashni maqsad qilishgan.

Jamoamizning faol muxlislari o'ziga xos taklif bilan chiqishdi. Quyida muxlislarimizning taklifi bilan tanishishingiz mumkin.

Ikkinchi davrani yuqori kayfiyatda boshlagan jamoamiz navbatdagi uchrashuvni mehmonda, "Neftchi" klubiga qarshi ӯtkazadi. Ketma-ket qo'lga kiritilgan ikkita g'alaba muxlislarimizni ham ancha jonlantirgani ayni haqiqat. Har qanday sharoitda ham klubimizni yolg'izlatib qӯymaydigan ishqibozlarimiz, chempionat doirasidagi birinchi raqamli "derbi"ga futbolchilardan kam tayyorgarlik kӯrishmayapti. Bundan internetdagi ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislarimiz yaxshi xabardor. Yangi shiorlar, xayqiriqlarni ӯzlashtirishni boshlagan muxlislarimizga, muxlislar klubi etakchilari tomonidan navbatdagi yangilikni malum qilamiz. Farg'onada bӯladigan ӯyinda barcha Namanganlik ishqibozlar futbolchilar bilan xamohang tarzda, asosiy formamiz bӯlmish sariq formada qӯllashni maqsad qilishgan.

Barchangizdan Farg'onadagi va kelgusi ӯyinlarda o'yingoh tribunalarini sariq  formali muxlislar bilan tӯldirishimizda faollik kutib qolamiz. Bu yangilikni barcha yaqinlarimizga etkazishni "Navbahor"ning chin muxlisiman degan har qanday inson uchun majburiyat deb hisoblaymiz. Klubimiz muxlislari har doim har sohada etakchilik qilib kelgan. Barchamiz "Navbahor" uchun birlashamiz. Olg'a muxlislar, olg'a "Navbahor"... Muxlislar "Navbahor" uchun, "Navbahor" muxlislar uchun...


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика