So’nggi yangiliklar

22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   0 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  2 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  4 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   3 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18

"Navbahor": Futbolchilar tanishtirildi Yangiliklar

"Navbahor": Futbolchilar tanishtirildi

Teglar :  TanishtiruvNavbahor
Bundan biroz vaqt oldin Namangandagi “Markaziy” o'yingohning majlislar zalida 2017 yilgi chempionatda jamoamiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdimot marosimida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Xayitboevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, Navbahor futbol klubi prezidenti Bahodir Mamatovich Bekxodjaev, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Akramjon Gapparovich Dedabaev, klub rahbariyati, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi, asosiy tarkib azolari hamda “Navbahor” jamoasining bir guruh ishqibozlari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimini Namangan viloyat  futbol federaciyasi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev ochib berdi. SHundan so'ng Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrullo Bozarov so'zga chiqib, jamoa futbolchilari oldida turgan masuliyatli vazifa xususida fikr yuritdi. SHu bilan birgalikda Bozarov o'z so'zida “Navbahor” jamoasini O'zbekiston chempionatlari o'tkazila boshlagandan beri oliy ligada muntazam ravishda qatnashib kelayotgan uchta jamoadan biri ekanligini ham alohida etirof etdi. SHuningdek, viloyat rahbari bugungi kunda futbolchi va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi ham aytib o'tib, murabbiy va futbolchilarga yuqori marrani ko'zlagan holda chempionatda faqat sovrinli o'rinlar uchun kurashish va “Navbahor” jamoasining avvalgi shon-shuhratini tiklash vazifasini qo'ydi. Bu borada jamoa azolariga omad yor bo'lishiga tilak bildirdi.

SHundan so'ng mavsumlar oralig'ida “Navbahor” jamoasi tarkibidan joy olgan futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi. Mavsum arafasida “Navbahor” azosiga aylangan futbolchilarga o'yin formalari topshirildi. Unga ko'ra darvozabonlar Amanov Asilbek 30, Ortiqov Akmal 1, Ashurmatov Nodirjon 12, himoyachilar Mehmonov Jahongir 32, Samatov Alisher 2, Ergashev Hasanboy 3, Stanoevich Darko 44, Otaxonov Abbos 4, Komilov G'iyosjon 5, yarim himoyachilar Xursanov Ravshanbek 8, Mirzaev Alisher 20, Saidov Mansur 10, Qilichev Oybek 7, G'ofurov Mirzohid 19, hujumchilar Yovanovich Nemanya 84, Sultanov Abduaziz 11, Ahmedov Ro'zimbay 22 va Talipov Timur 95-raqamda harakat qiladigan bo'ldilar.

Tadbir davomida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov so'zga chiqdi: - Jamoamiz joriy yilgi mavsumga tayyorgarlikni asosiy qismini Toshkentda olib bordi. Mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz va tarkibni shakllantirishda Xayrulla Hayitbaevich Bozarov boshchiligidagi viloyat rahbariyati zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdi. Yangi mavsumda viloyat rahbariyati va muxlislar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz. Ishqibozlarimizning munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlariga ishongan holda maydonga chiqib, viloyat ahlini xursand qilish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Bosh murabbiydan keyin jamoa sardori Dilshod Jabborov futbolchilar nomidan so'zga chiqdi: - Jamoamizni mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilgani uchun jamoamiz azolari nomidan minnatdorchilik bildirib o'taman. 2017 yilgi chempionatda oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilib, jamoamiz muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz. Bildirilgan ishonchga maydondagi mazmunli o'yinlarimiz orqali javob berish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика