So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

"Navbahor" FK: Ilhom Mo'minjonov bilan muzokara olib borilmagan Yangiliklar

"Navbahor" FK: Ilhom Mo'minjonov bilan muzokara olib borilmagan

Championat.asia saytida “Eshitdik-da: “Navbahor”ni kelasi mavsum kim boshqarishi malum?!” degan maqola chop etilgandi.

ushbu maqolada “Navbahor” klubi rahbariyati kelasi mavsumda jamoa ruliga “Navbahor”ning sobiq murabbiyi Ilhom Mo'minjonovni qaytarmoqchi ekanligi, Mo'minjonov klub rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazganligi va og'zaki kelishuv amalga oshganligi, “Navbahor” PFK rahbariyati jamoaning muvaffaqiyatsizligini aynan Ilhom Mo'minjonovni rulga qaytarish orqali to'xtatmoqchi ekanligi takidlangandi.

“Navbahor” PFK ushbu maqola yuzasidan shuni malum qiladiki, mazkur maqolada keltirilgan faktlar asossiz, yani “Navbahor” klubi rahbariyati tomonidan Ilhom Mo'minjonov bilan “Navbahor”ni kelasi mavsumda boshqarishi to'g'risida hech qanday muzokara olib borilmagan va hech qanday og'zaki kelishuv ham amalga oshmagan.

Klubning ayni paytdagi jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bilan amaldagi shartnomasi bor.

Muxlislardan bunday asossiz mish-mishlarga ishonmaslikni so'raymiz. “Navbahor” PFKga oid har qanday rasmiy xabar klub rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida elon qilinadi, deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика