So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

"Navbahor" chempion bo'lsa, mamnun bo'laman". Andrey Kanchelskis bilan katta intervyu Yangiliklar

"Navbahor" chempion bo'lsa, mamnun bo'laman". Andrey Kanchelskis bilan katta intervyu

U O'runov yana ham ajoyibroq jamoalarda o'ynashi mumkin deb hisoblaydi.


Andrey Kanchelskis — MDH mamlakatlaridagi 1990 yillarning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. U APLda 150dan ortiq o'yin o'tkazgan va MYUda ser Aleks Fergyuson qo'l ostida o'ynagan. Kanchelskis 2018-2020 yillar davomida "Navbahor" bosh murabbiyi bo'lgan.

Andrey Antanasovich shundan so'ng hech qaysi jamoani boshqarmayapti.

"Championat.Asia" Kanchelskis bilan quyidagilarni bilish uchun bog'landi:

Hozir nima bilan shug'ullanmoqda;
Ish bo'yicha taklif bo'ldimi;
O'zbekistonga qaytishga tayyormi;
MDH davlatlaridagi hozirgi futbolchilarga nima etishmaydi;
Superligadagi qaysi o'yinchilarni ko'proq eslab qolgan;
Oston O'runovning faoliyatidan qoniqmoqdami;
Rossiya OFKga o'tishi kerakmi;
O'zbekistondan qanday xotiralar qolgan.



Evropa, biznes va ish bo'yicha taklif

— Hozirda qaerdasiz va nima bilan shug'ullanyapsiz?
— Hozir Rossiyada emasman. Ish bo'yicha SHveycariyada edim, hozirda Slovakiyada muzokaralardaman.

— Qaysidir klubni boshqarish uchun muzokaralardami?
— Birinchi navbatda, ha, ehtimoliy ish bo'yicha. Ammo, bu erda biznes haqida muhokama qilinadigan ishlar ham bor.

— Ish bo'yicha kimdan taklif bo'ldi?
— Hozircha ayta olmayman. Nimadir aniq bo'lsa — barchasini bilib olasiz. Agentlar ko'plab klublar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

— Hech bo'lmasa qaysi davlatlardan ekanligini ayta olasizmi?
— Evropadan, arab davlatlaridan.



MDHdan futbolchilar, Rossiyaning OFKga o'tishi

— Siz sobiq SSSR davlatlari o'yinchilari orasida APLda eng ko'p o'yin o'tkazgansiz. Nazaringizda, hozirda MDHdagi o'yinchilarda top-ligalarda o'ynash uchun nima etishmaydi?
— Xarakter va tayyorgarlik etishmaydi deb o'ylayman. O'sha vaqtlari biz yaxshiroq tayyor edik — ham jismonan, ham psixologik jihatdan. Psixologiya juda qattiq tasir ko'rsatadi, sababi o'sha Angliyada ham bu juda qiyin masala. Albatta, ishga bo'lgan munosabat ham.

— Sobiq ittifoq davlatlaridan hozirda kimlarni ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

— Hozirda kam o'yinchilar Evropada o'ynashmoqda: Miranchuk, Golovin, Ukrainadan ko'plab yigitlar bor, o'sha Xvicha Kvaracxeliya ham Italiyada juda yaxshi boshladi.

— Rossiya jamoalarining xalqaro musobaqalardan chetlatilgani haqida qanday fikrdasiz?

— Albatta, bu dahshat, sababi sport va siyosatni qo'shishdi. Fikrimcha, ular kesishishi kerak emas. Endi hozir nima qilish kerak? Rossiyalik sportchilar vaziyatning garovi bo'lib qolishdi. Bundan qanday chiqish haqida o'ylash kerak. Agar diskvalifikaciya uzoq davom etsa, Rossiya futbolining darajasi pastlaydi.

— Rossiya futbol ittifoqining OFKga o'tishni o'ylayotgani haqida mish-mishlar chiqqandi. Rossiya Evropadan Osiyoga o'tishi kerakmi?

— Bu borada kamida o'ylab ko'rish kerak. Nega endi yo'q? Ammo, OFK ham FIFAga bo'ysunadi, shu sabab bu oson amalga oshadi deb o'ylamayman.



Superliga, O'runovning to'yi, "Navbahor"ning chempionligi

— Hozirda O'zbekiston chempionati va "Navbahor"ni kuzatasizmi?
— Qanday qilib kuzatmasligim mumkin? U erda ishlaganman-ku. Ishlagan va o'ynagan barcha jamoalarimni kuzataman.

— Superligadagi qaysi o'yinchilar ko'proq yodingizda qolgan?
— Yaxshi o'yinchilar ko'p edi. Masharipovni qayd etishim mumkin, u "Paxtakor"da juda yaxshi o'ynardi. Yana Dragan CHeran — u ham ajoyib o'yinchi. Eng yaxshi jihatlarini ro'yobga chiqara olmagan o'sha O'runov. "Navbahor"dan Turg'unboevni aytishim mumkin, O'tkir Yusupov va hozirda Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'ynayotgan Abdujamol Isroilov. U jarohatga qadar Superliganing eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri edi.

Raqib jamoalari safida ko'plab yaxshi o'yinchilar bor edi. Masalan, "Nasaf" bilan o'ynash doimo qiziqarli edi. Ammo, muammo shundaki, o'zbekistonlik futbolchilar Evropaga ketishga qo'rqishadi. Negadir Osiyoga o'rganib qolishgan. Qo'rqish kerak emas — tavakkal qilish kerak! Ularda Evropada o'ynash uchun barcha narsa bor.

— "Lokomotiv"dan Kaxi Maxaradzeni eslaysizmi? Uni yaqinda besh yilga diskvalifikaciya qilishdi, u kelishilgan o'yinlarda ishtirok etishda gumon qilinmoqda.
— Bu haqda eshitmadim. Agar uning aybi tan olinsa, unda butun umrga diskvalifikaciya qilib yuborish kerak. Va bularning barchasini tashkillashtirganlarni. Kelishilgan o'yinlardan barcha jabr ko'radi. Diskvalifikaciya qilib, to'g'ri qilishgan. SHunday qilish kerak!

— Siz tez-tez Oston O'runovni maqtagansiz. Uning faoliyati borishidan qoniqmoqdamisiz?
— U "Ural" va "Ufa"dan ko'ra yanada ajoyibroq jamoalarda o'ynashi mumkin deb o'ylayman. Uning "Spartak"da muvaffaqiyat qozona olmagani... "Spartak"da hamma ham, hatto yuqori darajada futbolchilar ham o'ynab keta olmaydi. Bu O'runov uchun katta dars. Rossiyada u o'z sifatlarini ko'rsatishi mumkin bo'lgan jamoalar bor. Uning imkoniyatlari juda ham katta.




— Oston yaqinda uylandi. To'ydan so'ng yoki futbolchi farzandli bo'lganidan so'ng o'yinida pasayish bo'lishi haqidagi fikrga qo'shilasizmi?
— Bularning barchasi afsona. Qaysidir ahmoq aytgan — qolganlar uning ortidan takrorlashgan! Agar o'yin ozgina o'xshamasa, birdan to'y yoki xotin aybdor. Bu narsalar qandaydir bog'liq deb o'ylamayman. Futbolchilar oldingidek shug'ullanishadi, o'yinlarda ishtirok etishadi. Balki, bularning barchasi aksincha, yaxshidir — bazm-u-jamshidlarga kamroq, oilaga esa ko'proq vaqt bo'ladi. Men bularning barchasidan o'tganman va aytishim mumkinki, bularning bari bo'lmag'ur gaplar.

— Qarzdorlik sabab "Navbahor"dan ketdingiz. Bu masala qanday hal etildi?
— FIFA orqali tinchlik kelishuviga erishdik. U hozirgacha mavjud, shu sabab klub bilan hech qanday muammo yo'q.

— "Navbahor" hozirda chempionlik uchun kurashmoqda. Siz ishlagan paytda jamoaga nima etishmagandi va "Navbahor" oltin medallarni qo'lga kirita oladimi?

— Agar "Navbahor" chempion bo'lsa, bundan juda ham mamnun bo'laman. Birinchidan, bu muxlislar uchun. "Navbahor" muxlislari — O'zbekistondagi eng zo'rlari! O'yinlarga tashrif buyuruvchilar soni bundan dalolat beradi. Bu namanganliklar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi. "Navbahor" OFK CHempionlar Ligasida o'ynashga loyiq. Nima etishmaganiga kelsak... O'z sabablari bor edi — masalan, o'sha koronavirus. Hozir bundan gapirishdan mano yo'q. SHunchaki, o'xshamadi.

— O'zbekiston haqida qanday xotiralar qoldi? Agar taklif tushsa, murabbiy sifatida bu erga qaytishga tayyormisiz?

— Xotiramda faqatgina eng ijobiylari qolgan. Agar kelishmovchilik bo'lgan bo'lsa, bu shaxsiy masala va klubning ishi. Qolgan barchasi — ajoyib. Mehmondo'st shahar, menga yaxshi munosabatda bo'lishgan. O'zbekistonda yashash va ishlash qulay edi, u erda yaxshi tanishlar qolgan. Agar qandaydir takliflar bo'lsa, u erga qaytishga qarshi emasman.



Nikolay Egorichev suhbatlashdi 

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика