So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

"Navbahor": Besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzolandi Yangiliklar

"Navbahor": Besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzolandi

Ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko'rayotgan "Navbahor" bugun G'uzorning “SHo'rtan” klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv “Geozifika” qarorgohida joylashgan o'yingohda bo'lib o'tadi. Bevosita tarkibdagi yangiliklar xususida to'xtaladigan bo'lsak, mahoratli yarim himoyachilardan biri Baxtiyor Yoqubov jarohat olganligi bois malum muddatga safdan chiqdi. SHifokorlar Yoqubovni ikki hafta davomida shug'ullana olmasligini malum qilishdi. SHuningdek, 28 iyulga qadar mashg'ulotlarda qatnasha olmagan Abdumalik Abdullaev esa safga qo'shildi. Jamoaga Ukrainadan taklif qilingan Ruslan Kachur esa bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Biroz oldin xorijlik posbonlar bilan muzokara olib borilayotganligi haqida xabar berib o'tgandik. Muzokaralar yakuniga ko'ra tarkibga bolgariyalik posbon Petar Denchev qo'shiladigan bo'ldi. Darvozabonni 1 avgust kuni yurtimizga etib kelishi rejalashtirilgan. Futbolchini yurtimizga kelishi bilan bog'liq bo'lgan barcha xujjat ishlari yakuniga etkazildi. Denchev “Navbahor”ga Varnaning “Spartak” klubidan taklif etildi. Posbon shu yilning yanvar oyi boshida varnaliklar tarkibiga qo'shilgandi. 1989 yilning 16 martida Bolgariyaning Plovdiv shahrida tug'ilgan Petar faoliyatini shahrining “Spartak” klubida boshlagan. Keyinchalik darvozabon “Sliven”, “CHerno More”, “Lokomotiv” (Plovdiv) hamda “Neftoximik Burgas” jamoalari sharafini himoya qilgan. Yuqoridagi jamoalarning barchasini Bolgariya chempionatining “A” ligasida (mamlakat yuqori ligasi) ishtirok etganligini qo'shimcha qilish joiz. 2013/2014 yilgi mavsum ikkinchi qismini Bolgariya chempionati “V” ligasida o'tkazgan posbon “Spartak” ishtirokidagi barcha 13 uchrashuvda maydonga tushgan. Denchev faoliyati davomida Bolgariya yoshlar terma jamoasiga ham jalb etilgan.

Davralar oralig'ida jamoaga taklif etilgan Dilshod Jabborov, Alisher Samatov, Bobir Akbarov, Ruslan Kachur va ayni paytda Bolgariyada bo'lib turgan Petar Denchevlar bilan shartnoma imzolanganligini malum qilish mumkin. Bundan tashqari, “Paxtakor”dan jalb qilingan hujumchi Vladislav Pavlovskiy esa ikkinchi davrada jamoamiz yoshlari sharafini himoya qiladi. Mashg'ulotlarda ishtirok etgan himoyachi Akbar Sattaev esa “Navbahor”da to'p surmaydigan bo'ldi. SHuningdek, huquqiy jihatdan “Bunyodkor”ga tegishli bo'lgan mahoratli himoyachi SHukurali Po'latov mavsum ikkinchi yarmini “qaldirg'ochlar” safida o'tkazadigan bo'ldi.

Malumot uchun: Petar Denchev.
Tug'ilgan vaqti: 16 mart, 1989 yil.
Tug'ilgan joyi: Plovdiv Bolgariya.
Bo'yi: 1.90 sm.
Vazni: 85 kg.
O'ynagan jamoalari: “Spartak” (Plovdiv) - 2007-2008 yillar, “Sliven 2000” – 2008-2010 yillar, “CHerno More” – 2010-2012 yillar, “Lokomotiv” (Plovdiv) – 2013 yil, “Neftoximik Burgas” – 2013 yil, “Spartak” (Varna) – 2014 yil (iyun oyigacha).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика