So’nggi yangiliklar

12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0

"Navbahor": Ayrim futbolchilarga javob berildi, Ortiqov esa qaytdi Yangiliklar

"Navbahor": Ayrim futbolchilarga javob berildi, Ortiqov esa qaytdi

Teglar :  Navbahor
"Navbahor" azolari bugun ham ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi.
Ertalab futbolchilarimiz “Markaziy” o'yingohda asosan yugurish mashqlarini bajarishdi. Kechki paytdagi mashg'ulot esa “Dinamo” o'yingohida o'tkazildi. Mashg'ulotlar yakuniga etgach, jamoamiz azolari Toshkentga yo'l olishdi. Futbolchilarimiz poytaxtda 31 yanvarga qadar shug'ullanishadi. Poytaxt safari oldidan murabbiylar shtabi mashg'ulotlarda qatnashgan bir qator futbolchilarga javob berishdi. Abduaziz Sultanov, Zokir Nurmatov, Azizbek Mamazoitov va Mirzohid Sobirovlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Sardor Telyakov, Muhammad Rasulov, Doniyor Inamov, Hojiakbar Yunusovlar Namanganda qolib yoshlar tarkibida shug'ullanishadi. Poytaxtdagi o'quv-mashg'ulot yig'inida jamoamiz tarkibiga bir qator futbolchilarni qo'shilishi rejalashtirilgan. Xususan, o'tgan mavsum ikkinchi yarmini jamoamiz darvozasini qo'riqlagan Akmal Ortiqov ham safga qo'shiladi. Ayni paytda ushbu darvozabon qolgan jamoamiz azolari bilan birgalikda Toshkentga ketmoqda. Ortiqovning “Olmaliq” bilan amaldagi shartnomasi borligi sababli olmaliqliklar yig'inida qatnashayotgandi. Toshkentda nazorat o'yinlari ham o'tkaziladi. Dastlabki uchrashuv 17 yanvar kuni Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика