So’nggi yangiliklar

12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  0 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  12 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1

"Navbahor": Akbar Sattaev ro'yxatdan o'tkazildi Yangiliklar

"Navbahor": Akbar Sattaev ro'yxatdan o'tkazildi

Kecha oliy ligada futbolchilarning ro'yxatdan o'tkazishni so'nggi kuni edi.
Davralar oralig'ida jamoamiz avvaliga olti nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgandi. Transfer darchasi yopilgunga qadar murabbiylar shtabi safga yana bir futbolchini qo'shib olishni maqsad qilishgandi.

Bu borada asosiy nomzod sifatida Qahramon Mahammadjonov etirof etilayotgandi. Huquqiy jihatdan “Navbahor”ga tegishli bo'lgan Qahramon mavsum boshida muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida, G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi safiga ijara asosida borib qo'shilgandi. Po'latov “Bunyodkor”ga qaytgan murabbiylar markaziy himoyadagi raqobatni oshirish maqsadida Mahammadjonovni jamoaga qaytarishni ko'zlashgandi. Biroq, futbolchi mavsumni “SHo'rtan”da yakunlashini malum qilib, rahbariyatdan ruxsat oldi. Qolaversa, oliy ligaga chiqish uchun jiddiy tarzda kurashayotgan g'uzorliklar ham himoyachi bilan xayrlashishni istashmadi.

Yoshlar birinchiligidan o'rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilgan futbolchi yilni “SHo'rtan”dan yakunlashga qaror qilganligini aytib, mavsum yakuniga etgach jamoaga qaytishini bildirdi. Mahammadjonov “SHo'rtan”da qolishga qaror qilganligi bois murabbiylar shtabi rahbariyat bilan kelishgan holda transfer darchasining so'nggi kunida “Guliston”dan jalb etilgan himoyachi Akbar Sattaevni ro'yxatdan o'tkazishga qaror qilishdi. SHu tariqa Sattaev ikkinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qiladigan bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика