So’nggi yangiliklar

19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  12 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  8 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6

"Nasaf"ning to'ri butun bo'lsin Yangiliklar

"Nasaf"ning to'ri butun bo'lsin

Xalqaro maydonlarda o'zbek klublarining qudratiga raqib darvozasining to'rlari ham dosh bera olmaydi.

Albatta, yuqoridagi jumlaga ko'z qiringizni tashlab, darhol "Nasaf" muxlisiga chiqarishingiz yoki momiq boyligimizni qo'yishda ayblashingiz mumkin. Biroq baribir xalqaro maydonda yurt sharafini himoya qilayotgan istalgan klubimizni ko'klarga, kerak bo'lsa, undan-da yuqoriroqqa ko'tarishim mumkin. "Nasaf" kecha faqatgina natija uchun kurashmadi, gol urib olgach, himoya qo'rg'onini kadastr qilib olmadi. Aksincha, o'z o'yini qanday bo'lsa, shundayligicha namoyish eta oldi. Vaqt sandig'ingizdan biroz joy atratishga qurbingiz etsa, ushbu o'yin tahlilini ko'rib chiqamiz. 

Taktika (piramida)

"Nasaf" futbolchilarining joylashuvi, uslubi menga o'yin jihatdan manzur keladigan "Ayaks"ni biroz eslatdi. Maydonda joylashuv jihatdan piramida hosil qilish orqali qarshiliklar istasa uzatmalar imkoniyatini hamda nazorat hududini mustahkamladi. Albatta, bu uslub "ajdarlar" uchun yangilik emas. Superliga uchrashuvlarida ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari shunday o'yin namoyish etib kelmoqda.

Ko'pgina hujumlar aynan mana shu uslub orqali, asosan, qanotlardan amalga oshirildi. Keling, Norchaevning zarba bergan vaziyatini ko'rib chiqamiz. CHap qanotdan yuqoridagi shaklda uch futbolchi oldinga bordi. Nasrullaevning boshlagan hujumini Bozorov davom ettirdi. 

O'ylangan reja bo'yicha qanotdan Nasrullaev etib kelishi kerak edi.

SHunday bo'ldi ham. Nasrullaev markazga havolatib to'pni yo'naltirdi.

Norchaev ildamroq harakat qilib, to'pga bosh bilan zarba berdi, raqib darvozaboni jamoasi joniga oro kirdi.

SHuningdek, o'ng qanotda ham ushbu ko'rinishdagi kombinaciyalar tashkil etildi.

Himoyalanishda birinchi bo'limda 4-5-1 hamda 4-4-2 sxemalaridan foydalanildi.

Ikkinchi bo'limda esa ko'proq 4-4-2 sxemasi mudofaalanishda qo'llanildi.

Gollar

Futbolda bir jamoa safida 11 kishi to'p tepadi, 11 ta pas bo'ladi va "Nasaf" gol uradi. Erinmagan banda sifatida har bir uzatmani ko'rib chiqamiz. Gol muallifining harakatlarini alohida belgilaymiz.

Hujum himoyadan boshlandi. Hammayoq osuda. Ikki markaz o'yinchisining to'p oshirmasi. Nasrullaev biroz oldinroqda.

2-pasdan so'ng to'p o'ng qanotga sayohat qildi.

O'ng qanot himoyachisi to'pni oldidagi sherigiga yo'naltirmoqda.

Markazga

To'p markaziy himoyachilarga qaytarildi.

Hujum chap qanotga ko'chdi

SHerzod to'pni Bozorovga qoldirdi hamda o'zi oldinga qarab yugurdi

Bozorov esa o'ngqanotdagi Ivan Solovyov tomon uzatma amalga oshirdi.

Va Solovyovning mohirona uzatmasini Nasrullaev to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi.

Nasrullaev nafaqat hujumda faol harakat qildi, himoyada ham raqiblariga imkoniyat bermadi. Mezbonlarning xavjli hujumlaridan birini bartaraf etdi.

Ikkinchi gol ham birinchisiga o'xshab ketadi, faqatgina standart vaziyat orqali kiritildi. Stanoevichning burchakroqqa uzatmasini Husniddin Aliqulov bosh bilan markazga yo'naltirdi.

Bahrom Abdurahimov to'pni o'ziga o'nglab olmoqchi bo'ldi, ammo Norchaev undan qulayroq joyda turgandi va Husayn darvoza oldidagi sarosimadan unumli foydalandi.

Kamchiliklar

"Nasaf" o'ta ideal o'yin namoyish etdi degan fikrdan yiroqmiz. Bahs davomida o'yin tempi juda yuqori bo'lmadi. Mening nazarimda, "ajdarlar"ning ikki kamchiligi ko'zga tashlandi. Birinchisi, havodagi kurashlarda ko'p vaziyatlarda imkoniyat boy berildi. Ayniqsa, raqib hujumida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi.

SHuningdek, aksar raqib hujumlarini tashkillashtirishda o'zimiznikilar noto'g'ri paslar evaziga yordam berib yuborishdi.

Natijada zarba berildi

Uchrashuv oxirlaridagi yana bir xatolik

Mag'lubiyatini sezgan mezbonlar alamlarini qo'polliklar evaziga olishdi.

So'nggi daqiqalarda hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi, biroq jamoaning yangi azosi Semir Smaylagich chaynab berilgan luqmani yutishni uddalay olmadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, hammasi o'zbek futbol ishqibozlari uchun bayramona kayfiyatda yakundandi. O'ylaymanki, ushbu shodiyonalar guruh bosqichida davom etadi. Hatto arab mamlakatining darvoza to'rlari ham bizning klub qudratiga dosh berolmadi. O'zbek klublarining posbonlari qo'riqlayotgan darvoza to'rlari esa hech qachon uzilmasin.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика