So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

"Nasaf"ning "Al-Ahli"ga qarshi o'yini haqida Yangiliklar

"Nasaf"ning "Al-Ahli"ga qarshi o'yini haqida

3 va 4 mart kunlari O'zbekistonning to'rttala klubi Osiyo CHempionlar ligasida 2-tur o'yinlarini o'tkazishdi.

Qarshining "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonida "Al-Ahli" mehmoni bo'ldi. Keling "ajdarlar"ning o'yinini tahlil qilib chiqsak.

Darvozabon (Eldor Suyunov)

"Nasaf" darvozaboni Eldor Suyunov "Al-Ahli"ga qarshi bahsda o'z darvozasini ishonchli qo'riqladi desak adashmagan bo'lamiz, chunki posbon ko'plab vaziyatlarda raqib futbolchilariga imkoniyat bermadi. U o'ziga yuklangan vazifani yaxshi bajardi. Ammo Suyunov xatoga yo'l qo'ymadi deb bo'lmaydi. "Al-Ahli"ning birinchi goli himoyachilarning xatosi bilan yuzaga keldi. Raqibning ikkinchi golida darvozabonning xatosi yaqqol ko'rinib turgan edi. U to'pga chiqishda adashdi, to'g'rirog'i raqib uzatmasini aniq hisob-kitob qila olmadi va natijada zaxiradan o'yinga qo'shilgan, bo'yi uzun bo'lmagan Saloh Al Amri bo'sh darvozani boshi bilan nishonga oldi. Umuman olganda Eldorga 4 yoki 3+ baho qo'ysa bo'ladi. 


Himoya (Roy Rok, SHerzod Azamov, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov)

"Nasaf"ning himoya chizig'i kuchli deya olmayman. CHunki raqibning qarshi hujumlarida qarshiliklar himoyachilari tartibli o'yin ko'rsata olishmadi. "Al-Ahli" "Nasaf" darvozasiga 7 marta zarba bergan va shularning 4tasi aniq. 4ta zarbaning yarmi gol. Raqamlarning o'zi qarshiliklar himoyasi haqida to'liq malumot berib turibdi. To'g'ri zarbalar soni juda ko'p emas, ammo "ajdarlar" darvozasiga berilgan aniq zarbalarning yarmi golga aylanaversa, qarshiliklar keyingi o'yinlarda qiynalib qolishi aniq. SHuhrat Muhammadiev ikki vaziyatda raqibdan qochib hujumchilarni to'p bilan taminlay oldi. Roy Rok ham raqib jarima maydonchasiga to'pni uzatishda faol bo'ldi, ammo "Al-Ahli"ning ko'plab hujum va uzatmalari aynan chap qanotdan bo'ldi.


Yarim himoya (Odil Hamrobekov, Maqsud Karimov, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev)

"Nasaf"ning yarim himoya chizig'i o'yinni boshqara olmadi. "Ajdarlar" futbolchilari himoya va hujum o'rtasidagi bog'liqlikni taminlay olmadi. Aslida markaziy himoyachi bo'lgan Maqsud Karimov bu uchrashuvda yarim himoyada o'ynadi. Ustiga-ustak qarshiliklar sardori Artur Gevorkyanning ham o'yini qovushmadi. Ammo u maydonda hech nimay qilmadi deya olmayman, chunki aynan u "Nasaf"ning yagona goliga mualliflik qildi. "Nasaf" yarim himoyachilar bir-birlarini doim ham tushungani yo'q.


Hujum (Ilhom SHomurodov)

"Nasaf" "Al-Ahli"ga qarshi birgina hujumchi bilan o'ynadi. Ilhom SHomurodovga ortida Artur Gevorkyan o'ynadi. SHomurodov biror marta ham raqib darvozasiga zarba bermadi. Hujumchi himoyachilar bilan kurashda faol bo'ldi, ammo u maydonda ajralib turgani yo'q.


Xulosa. "Nasaf" Saudiya Arabistonida kuchli klubga mag'lub bo'ldi. "Ajdarlar" o'z tarixlarida OCHL doirasida safardagi o'yinlarda faqat bir bor durang o'ynagan va qolgan uchrashuvlarda mag'lub bo'lgan. Kechagi o'yinda ham mag'lubiyat qayd etildi. Ro'ziqul Berdiev keyingi o'yinlarga qadar anchagina ish qilishi kerakligi ko'rinib turibdi. 


Jasur Aslanov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика