So’nggi yangiliklar

11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  0 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   0 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  5 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  12 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1

"Nasaf"ga yordam beriladi, akademiya uchun "Real"ga 10ta yo'llanma! Yangiliklar

"Nasaf"ga yordam beriladi, akademiya uchun "Real"ga 10ta yo'llanma!

Bugun MOQ prezidenti va O'FAning birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi.

Safardan asosiy maqsad sport, xususan futboldagi infrastruktura bilan yaqindan tanishish bo'ldi. Sportga to'xtalmagan holda, futbolga oid xabarlarni yozamiz.

O'FAning ishchi guruhi 29 iyun kuni viloyatga tashrif buyurdi. "Mashal" klubida bo'layotgan o'zgarishlar kishini quvontirdi. Klub 2018 yilda Superligadan chetlatilganligi sabablarini "Mashal" juda yaxshi bilar edi. Bundan to'g'ri xulosa chiqargan mutasaddilar "Bahrom Vafoev" nomidagi stadionni to'liq tamirlash ishlarini olib bordilar. Ayniqsa, Respublikamizning birinchi raqamli bo'lgan "Mashal" akademiyasi so'nggi yillarda xunuk ko'rinishga kelib qolgan edi. Aynan bugungi holati, bizga yana avvalgi "Mashal"ni yodga soldi. Umid qilib qolamiz, "Mashal" akademiyasi yana yangidan-yangi SHukurov va SHomurodov kabi futbolchilarni kashf etadi.

30 iyun kuni Ahmadjonovning o'zi bevosita "Nasaf" klubining infrastrukturasi bilan yaqindan tanishdi. Kuni kecha klubga yangi rahbar etib tayinlangan Sergey Kucherenko mehmonlarni klub tizimi bilan tanishtirib chiqdi. Ayni paytda bo'layotgan moliyaviy muammodan yaxshi xabardor O'FA rahbari shunday dedi:

- "Nasaf" bunday sharoit bilan O'zbekiston chempioni bo'lishi kerak. Sizlar tegishli xat-hujjatlarni tayyorlang, hukumatga taqdim etaman. OCHLning doimiy ishtirokchisi bo'lgan klubingiz uchun turnir jadvalidagi bugungi holat yarashmaydi. Klubni har yili bir necha nafar futbolchi tark etsada, jamoa o'yinida o'zgarish sezmaymiz. Mehnat qilayotgan jamoani yolg'izlatib qo'ymaymiz.


SHundan so'ng delegaciya akademiya binosiga tashrif buyurdi. Umid Ahmadjonov klub stadionidan qanchalik qoniqish hosil qilgan bo'lsa, akademiyaga yaratilgan sharoitlardan yanada xursand bo'ldi.

- Bu akademiya nafaqat "Nasaf" uchun, balki Respublikaga ham xizmat qilishi kerak, yani futbolchilarning huquqi saqlanib qolgan holda, Superliga hamda Pro-Liga jamoalariga ijaraga berish kerak. Bu sharoitda tarbiya topayotgan futbolchilar albatta horij jamoalarida ham to'p tepishlari kerak. "Nasaf" akademiyasiga "Real Madrid" klubiga 10ta joy ajratamiz!

SHu tariqa "Nasaf" akademiyasining eng yaxshi murabbiyi qo'l ostida eng sara futbolchilar Ispaniya poytaxtiga boradigan bo'ldilar. Mehnatning tagi rohat deb shunga aytishadi. "Nasaf" esa muxlislar o'ylayotganidek, O'FAning nazaridan chetda emas, aksincha O'FA yordam qo'lini cho'zishga tayyor.

Hasan Pirmuhamedov fotogalereyasi

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика