So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  0 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  1 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

"Nasaf"ga qarshi o'yin "Navbahor" bosh murabbiyi uchun hal qiluvchi bahsmi? Andrey Kanchelskis bilan suhbat Yangiliklar

"Nasaf"ga qarshi o'yin "Navbahor" bosh murabbiyi uchun hal qiluvchi bahsmi? Andrey Kanchelskis bilan suhbat

"Championat.asia" jurnalisti SHahboz Beg'amov xizmat safari yuzasidan Qarshi shahrida bo'lib turibdi.

Muxbirimiz ertangi Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi oldidan namanganliklar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisni yoshlar jamoalari o'rtasidagi bahsda uchratib, undan bazi savollarga javob oldi.

"Yam-yashil ajoyib maydonda shug'ullandik. Jamoada kayfiyat yaxshi. Barcha to'liq konsentraciya bilan "Nasaf"ga qarshi bahsda taraddud ko'rmoqda", - deya gap boshladi Andrey Kanchelskis.


SHundan so'ng "Navbahor" ustozidan yaqindagina klub rahbariyati va jamoa o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilish haqida so'radik.

"Ha, rahbariyat bilan Namanganda futbol rivojiga bag'ishlangan uchrashuv tashkillashtirildi. SHuningdek, jamoa ko'rsatayotgan o'yin va natijalari haqida ham gap ketdi", - deya izohladi rossiyalik mutaxassis mazkur yig'ilishni.


Andrey Kanchelskis "Navbahor"ga omad etishmayotganini, futbol tilida aytganda, fart yo'qligini tushuntirdi.

"Hali g'alabalar keladi. Umid qilamanki, tez orada uzoq kutilgan g'alabani muxlislarga taqdim etamiz. SHuni rejalashtiryapmiz. Hammasi o'zimizga bog'liq. Biz o'zimiz jamoani shunday qiyin holatga tushishiga olib keldik. Hayot davom etadi. Endi mazkur muvaffaqiyatsiz davrdan o'tib olish lozim. Vaziyatga pozitiv ravishda qarab, g'alabalar va ochkolar orqali muvaffaqiyatli yo'lga tushib olish darkor. Mashg'ulotlarda yanada kuchliroq ishlaymiz va ishlayapmiz. Endigina uchta tur o'tdi. Muhimi, bizda o'yin sifati mavjud. Bizga ozgina omad etishmayapti. Hujumlarni yakunlashda omad bizga kulib boqmayapti. "Bunyodkor" bilan o'yinda durang adolatliroq bo'lardi. SHuningdek, o'sha o'yinda g'alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi. Futbol tilida aytganda, fart yo'q. Ishlashda davom etsak, o'sha fart keladi", - dedi Kanchelskis.


Superliganing 4-turidan joy olgan "Nasaf"ga qarshi ertangi markaziy bahs Kanchelskis uchun "Navbahor"dagi hal qiluvchi bahsga aylanadimi? Murabbiy mazkur holatga shunday qaraydi:

"Har qanday o'yin murabbiy yoki futbolchi uchun hal qiluvchi bahsga aylanishini mumkin. Bu o'yin mening jamoadagi hal qiluvchi o'yinim yoki aksincha bo'lishi klub rahbariyatiga bog'liq. "Nasaf" bilan o'yin hal qiluvchi bo'ladimi yoki yo'q, buni klub prezidenti hal qiladi. Ko'ramiz", - dedi Andrey Kanchelskis. 


"Navbahor" ustozi "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin kelasi turda tarkibda jiddiy o'zgarishlar bo'lishini takidlagandi. Aynan shu masalada ham rossiyalik mutaxassisga murojaat qildik.

"Nasaf"ga qarshi o'yinda tarkibmizda o'zgarishlar bo'lishi aniq. Hozirdanoq buni amalga oshirdik. SHunday futbolchi borki, biz uni Namanganga qoldirib keldik. CHunki mazkur futbolchining o'yini, uchrashuvga bo'lgan munosabati va ko'rsatgan futboli "Navbahor" darajasiga mos kelmadi. Mag'lubiyatni faqatgina shu bilan bog'lamoqchi yoki barcha aybni unga ag'darmoqchi emasman. Hamma aybdor. Lekin o'sha futbolchining harakatlari manzur kelmadi. Maydonga chiqqandan so'ng borini berib sidqidildan o'ynash kerak. Maydonda shunchaki "nastroy"siz chiqish yaramaydi. Gap kim haqida? Buni oshkor qilmoqchi emasman. Yaxshisi o'sha futbolchi, bu so'zlardan tegishli xulosa chiqarsin. Biz jazo tariqasida uni Namanganda qoldirdik", - dedi Andrey Kanchelskis.


SHu o'rinda takidlash joizki, "Navbahor" himoyachisi, "Nasaf"ning sobiq azosi Igor Golban jarohati tufayli ertangi bellashuvni o'tkazib yuboradi. Futbolchi ayni paytda o'z yurtida muolaja olmoqda.

Malumot o'rnida, Qarshi shahridagi "Geolog" stadionida kechgan "Nasaf" - "Navbahor" yoshlari o'rtasidagi bahsda qarshiliklar raqibni tor-mor keltirishdi. Etiborga molik jihati, o'tgan mavsumda aynan "Navbahor" bilan o'tgan bellashuvda jarohat olib uzoq muddat safdan chiqqan Aziz G'aniev uzoq tanaffusdan so'ng yashil maydonga qaytdi. G'aniev yoshlar tarkibida bir bo'lim faol o'ynadi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" jamoasi Superliganing 3-turidan keyin 1 ochko bilan turnir jadvalining eng oxirgi pog'onasini band etib turibdi. Ertaga jamoa Qashida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика