"Nasaf"ga qachon kumush medallar topshiriladi? Qachon shartnomalar uzaytiriladi? Yangiliklar

"Nasaf"ga qachon kumush medallar topshiriladi? Qachon shartnomalar uzaytiriladi?

Qarshining "Nasaf" klubidagi vaziyat barchamizni tashvishga solayotgani bor gap.

Bugun ikkinchi yig'inni boshlashi kerak bo'lgan "Ajdarlar" moliyaviy muammolar tufayli yig'ilishmadi ham. Allaqachon fevral oyi kirib keldi, bir oydan so'ng yangi mavsum boshlanadi, biroq "Nasaf"chilar 2020 yilgi kumush medallarini ham qabul qilib olishgani yo'q. Qizig'a? Murabbiylar shtabi va bir qator etakchi futbolchilarning shartnomalari 31 dekabr kuni yakuniga etgan, biroq hamon shartnomalar uzaytirilgani yo'q. 

Bu qachongacha davom etadi? SHu savol bilan klub bosh direktori Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qildik. Sergey Petrovich bugun shu masalada uchrashuv bo'lishini malum qilib ertaga, 5 fevral kuni tushdan so'ng savollarimizga batafsil javob berishini malum qildi. Bosh direktorning aytishiga qaraganda ertaga murabbiylar shtabi bilan shartnomalar uzaytirish borasida muzokara bo'lib o'tadi. 

Demak, ertaga bu borada ijobiy javob bo'lishiga umid qilamiz. 


Narzulla Saydullaev




Reklama



Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика