So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  2 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  8 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Nasaf"dagi muammo va xato transfer haqida Yangiliklar

"Nasaf"dagi muammo va xato transfer haqida

Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun tunda OCHL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Saudiya Arabistoni vakili "Al Faysali" jamoasi raqiblik qilgan bahsda yakunda darvozalarga gol urilmadi. Tomonlar esa murosa ko'chasini tanlashdi. Biz esa uchrashuvga oid ayrim mulohazalarimizni bildirib o'tamiz. 


Yagonaligicha qolayotgan g'alaba  

"Nasaf" kecha Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o'zining ettinchi uchrashuvini o'tkazdi. "Ajdarlar" hozigacha "Al Ahli" 4 bor, "Al Fatex" 1 bor, "Al Faysali" bilan ikki marotaba to'qnash keldi. 7ta uchrashuvning faqat bittasidagina vakillarimiz g'alabani tantana qilganini aytish joiz. 2016 yil Qarshida kechgan bahsda Bobir Abdixoliqov va Maqsud Karimovning gollari jamoaga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirgan edi. 



Raqamlar so'zalaganda 

Jamoa ikkita o'yinda ham raqibga nisbatan to'liq ustunlik qila oldi. Futbol shunday sport turiki, unda vaziyatlardan foydalangan, gol urgan jamoa g'alabani nishonlaydi. "Nasaf"ga esa mana shu jihat yani realizaciya etishmayapti. Etibor bering, "Al Faysali" birinchi o'yinda darvozaga bitta aniq zarba yo'llagan, u ham bo'lsa gol bilan yakunlangan. 



Xuddi shunday holat javob o'yinida ham takrorlandi. Faqat gol etishmayapti. 



Hujumchilar qanisiz?

 Ro'ziqul Berdiev qishki yig'inlar chog'ida yaxshi hujumchi zarurligini takidlagandi. Norchaev OCHLda kutilganidek natija ko'rsatayotgani yo'q. Smaylagich fikrimcha noto'g'ri transfer bo'ldi. Qarshiga kelguniga qadar bosniyalik forvard Qozog'istonning "Astana" (13ta o'yin, 0 gol), "Qizil Jar" (14ta o'yin 3ta gol, 2ta assist), "FK Mladost" (16ta o'yin 0 gol, 2ta assist) klublarida to'p tepdi. Albatta Ro'ziqul Berdiev imkoniyat darajasidan kelib chiqib ish tutgan. Hamma yaxshi legionerni istaydi. Lekin sharoit va mablag'ga qarab ish tutadi. Murabbiyning legioner tanlashdagi mahoratiga shubhamiz yo'q. Aftidan Smaylagich o'zini oqlashiga ishonish qiyinga o'xshamoqda.

 


Aslida klub yangi mavsum oldidan tanzaniyalik hujumchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan edi. Deyarli masala hal bo'lgandi. Biroq futbolchining klubi bilan bog'liq muammo transfer amalga oshishiga yo'l qo'ymadi.  So'nggi pallada bosniyalik Semir Smaylagich variantida to'xtalindi. Murabbiylar shtabi xorijlik forvardga OCHLda 4ta, Superligada 3ta o'yinda imkoniyat berishdi. Hozircha u gollar hisobini ochmadi. Smaylagich oxirgi marotaba 17 avgust kuni "Qizil Jar" safida Qozog'iston kubogida "SHaxtyor"ga qarshi o'yinda gol urgan ekan. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика