So’nggi yangiliklar

09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  1 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  4 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  4 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligini Dragan CHeransiz davom ettirmoqda Yangiliklar

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligini Dragan CHeransiz davom ettirmoqda

Teglar :  Nasaf
XXVI O'zbekiston chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan, “Nasaf” futbolchilari dam olishdan qaytib kelishdi va 15 dekabrdan o'z qarorgohida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi.

Mashg'ulotlar klub qarorgohida bo'lib o'tmoqda. Mashg'ulotlarda Doniyorjon Narzullaev, Azizjon G'aniev, SHarof Muhitdinov, Bobir Abduxoliqov va Odiljon Hamrobekov ishtirok etishmayapti. O'zingizga malum, ushbu futbolchilar 2018 yil 21 yanvargacha U-23 terma jamoamiz ixtiyorida bo'lishadi.

Serbiyalik legioner hujumchi Dragan CHeran 20 dekabrdan mashg'ulotlarga qo'shiladi. Yana bir legioner Igor Golban esa mashg'ulotlarga 15 dekabrdan kirishgan.

“Nasaf” 22 dekabr kuni U-23 terma jamoamiz bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv, shu kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 15:00da boshlanadi.

Jamoaning dekabr oyidagi rejasiga ko'ra, 26 dekabr kuni futbolchilarimiz tayyorligi bo'yicha normativ topshirishadi va shu kuni tantanali taqdirlash marosimida ham ishtirok etishadi. Dekabr oyi tayyorgarlik mashg'ulotlari 28 dekabr kuni nihoyasiga etadi. SHu kuni jamoamiz yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. SHundan so'ng futbolchilarimiz yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa tatilga chiqishadi.

Muxlislarni ko'proq qiziqtiradigan tarkibdagi o'zgarishlar haqida hozircha yangilik yo'q.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика