So’nggi yangiliklar

19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  1 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   1 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  13 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  4 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   3 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  6 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  14 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  6

“Nasaf”: Yangi chempionat oldidan Yangiliklar

“Nasaf”: Yangi chempionat oldidan

Teglar :  Nasaf
Futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston chempionatining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Bahor faslining ilk oyi – martning 3-kunidan mamlakatimiz stadionlarida futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston chempionati  o'yinlari boshlanadi.

O'zbekiston kumush medali (2011 yil) va o'n karra bronza medali sohibi, O'zbekiston kubogi sohibi (2015 yil) hamda O'zbekiston superkubogi (2016 yil) sohibi bo'lgan “Nasaf” jamoasi joriy chempionatning ilk uchrashuvini safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'tkazadi.

Jamoa bu yil o'z tarixida 21-marta oliy ligada  ishtirok etadi.

“Nasaf” oliy ligada 1997 yildan ishitirokini boshlagan bo'lsa, hozirgacha 20 marta mamlakatimiz chempionatlarida ishtirok etdi. Ushbu chempionatlarda jami 588ta uchrashuv o'tkazildi. CHempionatlarda 330ta g'alaba, 112 durang va 146 marta mag'lubiyatga uchraldi. Futbolchilar raqiblar darvozasiga 1068ta to'p kiritishib, o'z darvoazasidan 667ta to'p olib chiqishgan. O'tkazilgan uchrashuvlarda 1102 ochko qo'lga kiritilgan. Quyidagi jadval orqali ana shu yutuqlar qaysi murabbiylar boshchiligida qo'lga kiritilganini bilib olasiz.

CHempionatlar

Yillar

Jamoalar  soni

Egallangan  o'rinlar

Murabbiylar

VI

1997

18

6

Viktor Borisov

VII

1998

16

5

Viktor Borisov

VIII

1999

16

11

Viktor Makarov

IX

2000

20

3

Bahrom Hakimov

X

2001

18

3

Bahrom Hakimov

XI

2002

16

4

Bahrom Hakimov

XII

2003

16

4

Bahrom Hakimov

XIII

2004

14

4

B.Hakimov, Z.Turaqulov

XIV

2005

14

3

Oleg Morozov, Z.Turaqulov

XV

2006

16

3

Bahrom Hakimov

XVI

2007

16

6

B.Hakimov, V.Ni, V.Fomichev

XVII

2008

16

9

V.Borisov, E.Gess, U.Toshev

XVIII

2009

16

3

Viktor Kumikov

XIX

2010

14

3

V.Kumikov, A.Demyanenko

XX

2011

14

2

A.Demyanenko

XXI

2012

14

4

R.Berdiev, U.Toshev, R.Berdiev

XXII

2013

14

3

Ro'ziqul Berdiev

XXIII

2014

14

3

Ro'ziqul Berdiev

XXIV

2015

16

3

Ro'ziqul Berdiev

XXV

2016

16

3

Ro'ziqul Berdiev



Tarkibdagi o'zgarishlar

O'tgan mavsum nihoyasiga etkach, jamoani 4 nafar futbolchi tark etdi. Tajribali yarim himoyachi Fozil Musaev Yaponiya klubiga o'tgan bo'lsa, Ildar Mamatkazin ham xorijda to'p tepadigan bo'ldi. Azamat Allaniyozov esa “Qizilqum”ga, SHuhrat Muhammatiev “Lokomotiv” jamoasi azosiga aylandi.

O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida jamoa safida faoliyat yuritgan Ognen Krasich bilan shartnoma muddati uzaytirilmadi.

Bu yildan jamoa safiga tajribali himoyachi Akmal SHoraxmedov qo'shildi. Bungacha “Bunyodkor” jamoasida to'p tepgan futbolchi, milliy terma jamoa safida ham ko'plab maydonga tushganligi haqida bilasiz. SHuningdek bungacha o'rinbosarlar va quyi ligada ishtirok etgan jamoalaridan bir qator yosh futbolchilar asosiy tarkib o'yinchilariga aylanishdi.

Keyingi yillarda “Nasaf” klubi o'z tarkibini futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisobiga to'ldirib borishi klubning ustivor yo'nalishiga aylandi. Bu holat ko'pgina yosh futbolchilariga futbol maktabida olgan bilim va mahoratini katta futbolda sinab ko'rish imkonini yaratdi. Ularda asosiy tarkib o'yinchisiga aylanishiga katta ishonch ham paydo qildi. Hozirgi paytda “Nasaf”ning asosiy tarkibida ana shunday o'n uch nafar futbolchi borligi albatta quvonarli hol. Bundan tashqari yosh futbolchilariga endi evropaning etakchi klublari ham qiziqish bildirayotgani faxrlidir. Demak, “Nasaf” klubining futbol maktabi faoliyati to'g'ri yo'lga qo'yilgan va maktabda faoliyat yuritayotgan murabbiylarining mehnati o'z mevasini bera boshladi.

Xullas, jamoa tarkibi shakllantirildi. Endi futbolchilar klubi rahbariyati, murabbiylar va muxlislari ishonchini oqlashsa bo'ldi.

Yangi mavsum tayyorgarliklari

Yangi mavsum tayyorgarliklarini 2016 yil 20 dekabr kunidan boshlagan jamoa shu paytgacha nafaqat Qarshi shahrida balki xorijda ham yig'in o'tkazdi. Xorijiy yig'inda 6ta nazorat uchrashuvi o'tkazilib, unda asosan evropa klublari jamoaga sparring raqiblar bo'ldi. Xorijda o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarining barchasida jamoaning qo'li baland keldi.

O'ylaymizki, jamoa uchun yangi mavsum tayyorgarliklari ko'ngildagidek o'tdi.

Maqsad va vazifalar

Jamoa oldidagi asosiy maqsad, avvalo futbol ishqibozlariga chiroyli va mazmunli o'yinlarni taqdim etish. Mamlakatimiz milliy terma jamoasi tarkibiga munosib o'yinchilar etkazib berish. Jamoa oldidagi vazifa hech qachon o'zgarmaydi. Bu mamlakat chempionatida yuqori natijaga erishish va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish. Bu orqali qitamizning klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqasi - Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Jamoa ana shu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz yashil maydonlarida kurash olib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика