Vitaliy Levchenko: "Oldinga harakat qilishda davom etamiz"
11 avg 23:54
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Oldinga harakat qilishda davom etamiz"
- Dastlab o'yin haqida fikringiz?
- Qiziqarli bahs guvohi bo'ldik. Yigitlarga mehnat va g'alaba uchun rahmat. Bugun g'alaba qozonish uchun ko'p ter to'kdik. "Nasaf"ga qarshi o'ynash oson emas, raqib juda yaxshi shakllangan jamoa. O'z maydonimizda yutmasak bo'lmasdi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz.
- Bugun "Neftchi" o'yining ko'p qismini bir futbolchi kam o'tkazdi. Shu bilan birga Ibrohimxalil Yo'ldoshev tarkibga kiritilmadi. Shunga qaramay jamoangiz zafar quchdi.
- Kurash hali to'xtagani yo'q, toki imkon bor ekan oxirigacha kurashamiz.
- Jamoa azolari ko'p hollarda vaqtni cho'zgandek ko'rindi.
- Bazi vaziyatlarda jarohat kuzatildi. Bazi holatlarda futbolchilarimiz toliqib qoldi, chunki "Nasaf" katta hududni egallab olgandi. Shu bois ham etiborni himoyaga qaratdik. Lekin bu atayin vaqtni cho'zdik degani emas. Tan olaman, biz ko'proq himoyalandik. Lekin hech kim atayin yiqilib yotgani yo'q va vaqtni ham cho'zmadik.
- Ibrohimxalilning holati qay darajada?
- Biz bu borada shifokorlar bilan gaplashyapmiz. Hammasi futbolchining o'z qo'lida. Uning tezroq tiklanib yana maydonga qaytishini xohlaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar