So’nggi yangiliklar

02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  4 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  2 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  21 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  22 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  11

"Nasaf": "Tantashevning so'nggi qarori "ajdarlar"ni qimmatli ikki ochkodan mosuvo qildi" Yangiliklar

"Nasaf": "Tantashevning so'nggi qarori "ajdarlar"ni qimmatli ikki ochkodan mosuvo qildi"

Coca Cola Superligasining 21-turida "Nasaf" Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi.

Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida quyidagicha material chop etdi. 

"Bellashuv buxorolik hakamlarning g'alati qarorlari bilan esda qoldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida raqib maydoniga kirib borgan Oybek Bozorov qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bu vaziyatda Tantashev hech qanday qoida buzilmagan deb hisobladi. (VIDEO)

VAR hakamlari ham Bozorov yiqilgan vaziyatga etibor berishmadi. Ammo 81-daqiqada Javohir Qahramonov bilan bo'lgan vaziyatda esa Ilgiz Tantashev darvozamiz tomon penalti belgiladi. (VIDEO)

Tantashevning so'nggi qarori "ajdarlar"ni qimmatli ikki ochkodan mosuvo qildi. "Nasaf" maydonda ikkita jamoaga qarshi o'ynashga majburmi?!", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, kechagi uchrashuvning 85-daqiqasida bosh hakam Tantashev Javohir Qahramonov bilan ro'y bergan hodisani VAR'da ko'rib chiqib, shu orqali "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu esa tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo'lmoqda.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика