So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  1 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  6 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

“Nasaf” tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTO Yangiliklar

“Nasaf” tanishtiruv marosimini o'tkazdi FOTO

Bugun “Nasaf” jamoasi o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Marosimda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari, futbol ishqibozlari ishitirok etishdi. Taqdimot marosimida 2015 yilda jamoa jamoa bilan shartnoma imzolagan sloveniyalik Rok Roy, ukrainalik hujumchi Oleksandr Koblash va o'tgan mavsumda “Andijon” klubi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov marosim ishtirokchilariga tanishtirildi.

Marosimda klub bosh menedjeri SHamil Yarulin, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievlar ham ishtirok etishdi.

SHamil YARULIN: – Bu erda hozir bo'lgan barcha mehmonlarni shuningdek OAV xodimlarini yangi futbol mavsumi boshlanayotgani bilan samimiy tabriklayman. SHuni alohida takidlab o'tishni hohlardimki, “Nasaf” jamoasi mamlakatimizda barqaror faoliyat yuritayotgan jamoalardan hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, qisqacha aytsam, har doimgidek bizning klub faqat yuqori maqsadlar uchun kurash olib boradi. Bizning kollektivimizda ko'p gapirmasdan, ko'p ish qilishni yoqtiradigan insonlar mehnat qilishadi.

Ro'ziqul BERDIEV: – Bu yilga mavsumga tayyorgarliklar ko'ngildagidek o'tdi. Turkiyaning Antaliya shahrida uch haftalik yig'in o'tkazdik va bir qancha nazorat uchrashuvlari o'tkazdik, bu haqda xabarlaringiz bor. Tarkibimizda unchalik katta o'zgarish bo'lmadi. Jamoamizni tark etganlar haqida ham bilasiz, bu yildan safimizda yonimda o'tirgan yangi futbolchilar ham jamoamizda faoliyat yuritishadi. Bu futbolchilarni yaxshilab o'rganib, safimizga qo'shib oldik. Bu bilan jamoamiz juda kuchli o'yinchilarga ega bo'ldi deyolmayman, ammo biz safimizda kemtik joylarimizni to'ldirdik. O'zlaringizga malum har qanday kuchli futbolchi yangi jamoa o'zini darrov ko'rsata olmaydi, albatta bunga vaqt kerak. Umid qilaman safimizga qo'shilgan yangi futbolchilar ishonchimizni oqlashadi.

SHundan so'ng o'yinchilarga raqamlari aks ettirilgan futbolkalar topshirildi. Yarim himoya chizig'ida harakat qiladigan Bahrom Abdurahimovga 18-raqamli futbolka, ukrainalik hujumchi Oleksandr Kablashga 99-raqamdagi futbolka, sloveniyalik himoyachi Rok Royga 15-raqamdagi futbolkalar tanatanali ravishda topshirildi.










Marosimning keyingi qismida yangi futbolchilarga so'z berildi va ular bilan savol-javoblar bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика