"Nasaf" safida yana bir yangi futbolchi paydo bo'ldi
08 jan 2018 15:43
Yangiliklar
"Nasaf" safida yana bir yangi futbolchi paydo bo'ldi
Kecha Toshkentga kelgan Qarshining "Nasaf" jamoasi ayni paytda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazmoqda.
Mamlakatning amaldagi kumush medal sohiblari tarkibida shug'ullanayotgan yangi o'yinchilar haqida imkon qadar malumot berib kelayapmiz. Ayni shu daqiqalarda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda "Nasaf" tarkibida oldingi mavsumni Bekobodning "Metallurg" klubida o'tkazgan Mirg'iyos Sulaymonov o'ng qanot himoyasida maydonga tushdi. Balki, tez orada klub ushbu transfer borasida ham rasmiy malumot bersa ajab emas.
SHuningdek, jamoaning yana bir yangi azosi Murodjon Toshmatov bugun chap qanot himoyada o'ynamoqda, Sanjar Rashidov esa hozircha qarshiliklar zaxirasida.
Eslatib o'tamiz, ertaga "Nasaf" o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirish uchun Toshkentdan Turkiyaga jo'nab ketadi. Xorij yig'ini Turkiyaning Belek shahrida o'tkaziladi.
Fikrlar