"Nasaf" safida 19 yoshli futbolchi oliy ligada debyut qildi
14 apr 2014 19:34
Yangiliklar

"Nasaf" safida 19 yoshli futbolchi oliy ligada debyut qildi
Oliy liganing 5- turidan o'rin olgan “Nasaf”-“Neftchi uchrashuvining so'nggi daqiqasida mezbonlar tarkibida maydonga tushgan yosh yarim himoyachi Doniyor Narzullaev oliy ligada debyut o'yinini o'tkazdi.
Aynan o'sha uchrashuv o'tkazilgan sanada roppa-rosa 19 bahorni qarshi olgan qarshilik futbolchi “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010 yildan maktabiga qabul qilingan Doniyor o'sha paytda futbol maktabi murabbiylari Nurali Sultonov va Bahodir Annamatov boshchiligidagi guruhda tahsil olgan. O'tgan 2013 yilgi mavsumda o'rinbosarlar jamoasida o'zini ko'rsata olgan yosh futbolchi 2014 yildan boshlab “Nasaf”ning asosiy jamoasidan chaqiruv oldi. Bu bilan jamoamiz asosiy tarkibidan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari soni 3 taga etdi. Bungacha Odil Hamrobekov va Najmiddin Normurodov jamoa asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlar o'tkazib kelayotgandi.
Umuman olganda Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida jamoa o'rinbosarlar tarkibidan jamoang asosiy tarkibiga muntazam ravishda yosh futbolchilar jalb etib kelinmoqda. O'tgan mavsumlarda darvozabon Eldorbek Suyunov, hujumchi Azamat Allaniyazov, yarim himoyachi SHohruh Gadoev, Ulug'bek Dadaboev, Farruh Sayfiev singari futbolchilar aynan o'rinbosarlar tarkibidan asosiy tarkibga taklif etilgan bo'lib, bugungi kunda ular doimiy ravishda jamoa asosiy tarkibidan joy olib kelishmoqda.

Fikrlar