“Nasaf” o'z tarkibiga ikki nafar yangi futbolchini qo'shib oldi
07 iyu 2018 18:44
Yangiliklar
“Nasaf” o'z tarkibiga ikki nafar yangi futbolchini qo'shib oldi
Bungacha Samarqandning “Dinamo” klubida faoliyat yuritgan Amirjon Safarov endi “Nasaf” klubi sharafini himoya qiladi.
Futbolchi bilan klub o'rtasida shartnoma imzolanib, ro'yxatdan o'tkazildi. SHartnomaga ko'ra, futbolchi yil oxirigacha jamoa safida to'p tepadi.
Ismi familiyasi: Amirjon Safarov
Tug'ilgan sanasi: 18 fevral 1995 yil (23 yosh)
Tug'ilgan joyi: Samarqand shahri
Fuqaroligi: O'zbekiston
Ampluasi: hujumchi
Bo'yi: 180 sm
Og'irligi: 74 kg
Raqami: 9
“Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan va so'nggi paytda Termizning “Surxon” jamoasida to'p tepgan Ilhomjon Alijonov ham jamoamizga qaytarildi.
Ismi familiyasi: Ilhomjon Alijonov
Tug'ilgan sanasi: 5 mart 1998 yil (20 yosh)
Tug'ilgan joyi: Mingbuloq, Namangan viloyati
Fuqaroligi: O'zbekiston
Ampluasi: himoyachi
Bo'yi: 176 sm
Og'irligi: 67 kg
Raqami: 33
Fikrlar