"Nasaf" o'z tarixida sakkizinchi marta O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi
14 okt 2022 00:29
Yangiliklar
"Nasaf" o'z tarixida sakkizinchi marta O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi
O'zbekiston Coca-cola kubogi yarim finalida "Nasaf" AGMK ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'llanma oldi.
SHunday qilib, "Nasaf" o'z tarixida sakkizinchi (2003, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2021 va 2022 yillar) marta O'zbekiston kubogi finaliga yo'llanma oldi. Bunga qadar "Nasaf" etti marta finalda o'ynagan. SHulardan ikkitasida "Nasaf" g'alaba qozongan (2015 va 2021 yillar), beshta uchrashuvda (2003, 2011, 2012, 2013 va 2016) esa mag'lubiyatga uchragan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Coca-cola kubogining final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoroda o'tkaziladi. Ikkinchi finalchi nomi "Navbahor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yinda aniqlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar