So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

“Nasaf” – “Olmaliq” uchrashuviga oid qiziqarli faktlar Yangiliklar

“Nasaf” – “Olmaliq” uchrashuviga oid qiziqarli faktlar

Teglar :  NasafOlmaliq
Ikkinchi davradaning ikkinchi uchrashuvida “Olmaliq” jamoasini ikki to'p farqi bilan mag'lub etgan “Nasaf” uch yildan oshiqroq cho'zilgan “qora anana”ga chek qo'ydi.


Gap shundaki “Nasaf” futbolchilari oliy ligada oxirgi marta “Olmaliq” futbolchilarini 2012 yil 3 avgustda, safarda  1:0 hisobida mag'lub etishgan edi. SHundan keyin “ajdarlar” ketma-ket to'rtta uchrashuvda SHkvirin jamoasi bilan durangga erishgan bo'lsa, birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda o'zaro o'yinlar tarixida ilk bor Toshkent viloyati jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi – 0:2. Kechagi bellashuvda “Nasaf” uch yillik tanaffusdan keyin “Olmaliq”ni dog'da qoldirishga erishdi.

“Nasaf” va milliy termamiz posboni Eldorbek Suyunov ketma-ket uch uchrashuvdan buyon o'z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. “Nasaf” so'nggi marta 14-tur doirasida Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o'yinda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborgandi. Umuman “Nasaf” futbolchilari joriy mavsumda o'tkazilgan 17 ta bahsning 9 tasida o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga erishishgan.

Kechagi bahsda Azamat Allaniyazov joriy mavsumda o'zining ilk golini kiritgan bo'lsa, SHoxrux Gadoev mavsumdagi beshinchi to'pini raqiblari darvozasiga yo'lladi. SHohrux bungacha “Qo'qon-1912”, “Qizilqum” (2 ta), “So'g'diyona” jamoalari darvozasini ishg'ol etgandi. Qizig'i, Gadoev joriy mavsumda kiritgan gollarining to'rttasini chap oyoqda raqib darvozasiga yo'llangan bo'lsa, bitta to'pni boshi bilan darvoza to'riga tushirgan.

“Olmaliq”qa qarshi bahsda joriy mavsumda ilk marta “Nasaf” futbolchilaridan hech biri bosh hakam tomonidan ogohlantirish va qizil kartochka bilan “siylanmadi”...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика