So’nggi yangiliklar

09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  17 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  27 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4

"Nasaf" OCHLdagi yangi qiyofasini yaratadimi? Yangiliklar

"Nasaf" OCHLdagi yangi qiyofasini yaratadimi?

Teglar :  NasafOCHL
Qarshida haqiqiy bahoriy havo hukm surmoqda.

Ko'pchilik qarshilik muxlislar bugun futbol afsonasi Xavini maydonda ko'rishni istashgani hech kimga sir emas. Ammo dunyo futboli yulduzi jarohati sabab bugun "Nasaf"ga qarshi o'yinda "Al Sadd"ga ko'maklasha olmaydi. Lekin Xavining kelmasligi qarshilik muxlislarni juda ranjitdi deb bo'lmaydi. Bu avvalo "Al Sadd" uchun jiddiy yo'qotish. CHunki Xavidek ijrochisi bor jamoa istalgan daqiqada birgina harakat yoki maydondagi qarori bilan o'yin taqdirini hal etib qo'yishi mumkin. Demak bugun qatarliklarning o'yin tempini boshqaradigan etakchi futbolchisi yo'q. SHunga qaramasdan "Al Sadd" baribir jiddiy raqib. Hozirgi "Nasaf" uchun OCHLda o'tkinchi yoki nisbatan oson o'yinlarning o'zi yo'q. Zaxirasi nisbatan ancha tor va futbolchilar tanlovida muammolarga duch kelayotgan "ajdarlar"ga hech bir o'yinda oson bo'lmaydi.

Kechagi matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev aytganidek, bugungi bahsda jamoa ham himoyada, ham hujumda bir maromda bexato o'yin ko'rsatishi lozim. Hujumni kuchaytirib, himoyani ehtiyot qilish zarur bo'lgan bahslarda esa eng katta yuk yarim himoya chizig'i zimmasiga tushadi. CHunki aynan shu chiziq vakillari himoya va hujumni bog'lovchilari hisoblanishadi. "Nasaf"da o'yin tempini nazorat qiluvchi asosiy figura bu shubhasiz Odil Hamrobekov. Hujumlarni rivojlantirish, asosan dispetcherlik vazifasini ado etishda esa G'anievning bo'ynida katta masuliyat turibdi. Agarda bugungi bahsda shu ikkala futbolchi o'zlaridan talab etilgan o'yinni namoyish etib berishsa, unda biz maydonda avvalo muxlislar istagan, murabbiy xohlagan "Nasaf"ni ko'ramiz.

Muhimi, aynan shu ikkala figura xotirjam, ortiqcha bosimsiz erkin o'ynashi talab etiladi. Zamonaviy futbolda jamoaning markazdagi ijrochilarga ko'p narsa bog'liq. Qachonki jamoaning maydon markazi ishonchli va qatiyat bilan o'ynasa, unda himoya ham o'zini ishonchli tutadi. Hujumda esa tabiiyki vaziyatlar bo'ladi.

"Al Sadd"ning eng xavfli figurasi bu Xavi emas, balki jazoirlik o'tkir hujumchi Bag'dod Baunedjax sanaladi. Xavi bu juda qo'rqinchli nom. Bag'dod Baunedjax esa raqiblarni ko'proq jazolayotgan "Al Sadd"ning xavfli "quroli". Ushbu futbolchi oxirgi uchrashuvlarni kamida 2tadan gol urgan holda tark etmoqda. Uning bu muvaffaqiyatli seriyasiga bugun Qarshida barham berish zarur. Igor Golban personal tarzda bugun ushbu goleador hujumchini ushlashi talab etiladi.

Berdiev bugungi o'yinda odatiy taktik sxemasidan voz kechmasa kerak. "Neftchi"ga qarshi o'yinda jarohati tufayli ishtirok etolmagan CHeran kecha ilk bor umumiy guruh mashg'ulotlariga qatnashdi. Agarda CHeran bugun o'zini yaxshi his etsa, unda serbiyalik hujumchini asosiy tarkibda ko'ramiz. Aks holda Berdievning rejalari butkul o'zgarib ketadi. Hozirgi "Nasaf"ning hujumdagi o'yini asosan CHeran orqali qurilishi va tarkibdagi tanlov deyarli yo'qligini inobatga olsak, CHeransiz o'ynash bu dahshatning o'zginasi. Lekin kechagi mashg'ulotlardan kelib chiqsak, CHeran bugungi o'yinga shay.


"Al Sadd" bilan "Nasaf" o'rtasidagi eng katta ikkita farq - ijrochilar va tanlov.

"Al Sadd" safida yuqori malakali ijrochilar etarli. Tarkib borasida ham tanlov bisyor. Bejizga kecha raqib jamoa bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra Xavi yo'q bo'lishiga qaramasdan ertaga eng kuchli 11talikni boshlang'ich tarkibda ko'rasizlar deb ishonch bilan aytmadi. Xavidek futbolchining yo'qligi ham "Al Sadd"ni havotirlantirmaydi.

"Nasaf"da esa butkul boshqacha vaziyat. Birgina futbolchining yo'qligi butun o'yin rejasi va strategiyani o'zgartirib yuboradi. Agarda u asosiy tarkib futbolchisi bo'lsa, unda ko'ravering tomoshani. "Nasaf"da zaxiradan o'yinni kuchaytiradigan salohiyatga ega futbolchi yo'q. Hozircha zaxirada istedodlar jamlanmasi yig'ilgan. Omad qushi qo'nsa, unda o'sha istedodlar balki shunday katta o'yinlarda ochilib ketishadi. Aynan shu narsa o'sha zaxirani to'ldirib o'z vaqtini intiqlik bilan kutayotgan yoshlarga katta motivaciya bo'lishi lozim.

Lekin bu jihatlar bugungi bahsda "Al Sadd"ni yaqqol favorit qiyofasiga kiritib qo'ymaydi. "Nasaf"ning ustunlik jihati ham yo'q emas. Birinchi navbatda o'z uyida o'ynaydi va muxlislar yaratadigan ajoyib muhit. Arablarni stadiondagi dahshatli muhit tasiriga tushirib qo'yish mumkin. "Nasaf" o'yin kartinasi chiroyliroq yo'lga qo'yilgan. Agarda jamoa bugungi bahsda ruhan tetik holda tayyor bo'lib, xotirjam tarzda o'z o'yin suratini chiroyli chizib tursa, unda raqib to'psiz o'ynashdan zerikadi, charchaydi. Bilasiz, arablar to'psiz futbol o'ynashni xush ko'rishmaydi. Aynan shu o'yin orqali ularni izdan chiqarish mumkin. "Nasaf" esa to'p bilan o'ynashni biladigan jamoa. Muhimi - xotirjamlik.

Bu o'yin "Nasaf"ga ko'p narsa berishi mumkin. G'alaba "Nasaf"ning guruhdagi imkoniyatlarini keskin oshiradi va yangitdan qurilayotgan jamoaga yuqori ishonch bag'ishlaydi. "Nasaf" bugungi g'alaba orqali OCHLdagi o'zining yangi qiyofasini kashf etishi mumkin. Mag'lubiyat esa "Nasaf"ning guruhdan chiqish eshiklarini qattiqroq yopib qo'yishi mumkin.

Kechagi matbuot anjumanida tashrif buyurgan "Nasaf" hujumchisining bir gapi menga juda yoqdi. Abdixoliqov qatiyat bilan "Nasaf" "Al Sadd"dan qo'rqmaydi. Ularni hurmat qilamiz, ammo hech bir raqibdan qo'rqmaymiz deb baralla ayta oldi. SHu narsani aytish uchun Bobir o'zida jurat topdi. Menimcha, aynan shunday ishonch va jurat bugungi uchrashuvdagi bo'lajak muvaffaqiyatning kaliti bo'lishi mumkin. Endi shu narsani amalda, yani maydondagi o'yinda ko'rsatish, isbotlash lozim.


"Nasaf" "Al Sadd"dan qo'rqmasligi uchun yana bir fakt: Bu jamoa O'zbekistonga tashriflari chog'ida 2 bor "Neftchi"ga, 1 marta "Lokomotiv"ga uyatli hisobda mag'lub bo'lgan. "Paxtakor" bilan esa Toshkentda durang o'ynagan. Yani, "Al Sadd" hali O'zbekistondan cho'ntagiga 3 ochko solib chiqib ketolmagan. Bu jamoa o'z uyida kuchli o'ynaydi. Safarda esa barcha arab jamoalari kabi dovdirab qoladi. Keyinchalik o'sha aytgan o'yinlarimning javob bahslarida yutgan. Ammo fakt shuki, O'zbekistondagi uchrashuvlarda "Al Sadd" g'alaba qozonmagan. Bu nimani anglatadi, bu jamoani hali aytib o'tgan jihatlar bilan dovdiratib qo'yish mumkin. SHunchaki etiborli, xotirjam va erkin futbol o'ynamoq lozim.

"Nasaf" futbolchilari, bosim haqida unuting! Hayajon bo'lsin, natija va "Nasaf" libosida O'zbekiston shanini himoya qilayotganlaringiz masuliyatini his etayotganingizni hayajoni bo'lsin! Maydonda esa hayajonlanish yaramaydi. Maydonda kim xo'jayin ekanini ko'rsatish lozim.

Himoyadagi ishonch, yarim himoyadagi xotirjamlik va hujumdagi sovuqqonlik g'alabaga eltuvchi yo'l.

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика