So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  4 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  28 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

"Nasaf" - "Navbahor" o'yiniga 2 soat qolganida O'FAdan Qarshiga qo'ng'iroq bo'lgan. Nega? Yangiliklar

"Nasaf" - "Navbahor" o'yiniga 2 soat qolganida O'FAdan Qarshiga qo'ng'iroq bo'lgan. Nega?

Bu haqda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida malum qilgani klub rasmiy saytida chop etildi.

"Bugun futbol akademiyamiz tarbiyalanuvchilari, yosh futbolchilarimiz bilan o'ynadik. Ular tahsinga sazovor o'yin namoyish etishdi. Qo'ldan kelgancha o'ynashdi, hattoki “Navbahor”dek jamoadan ustunlik ham qilishdi. SHaxsan o'zim bugun maydonga tushgan futbolchilarimizdan minnatdorman. Nega biz bugun bunday tarkib bilan maydonga tushdik? O'yin boshlanishiga ikki soat vaqt qolganida Associaciyadan qo'ng'iroq qilishib, to'rt nafar o'yinchimiz maydonga tushishga ruxsat yo'qligini aytishdi, albatta bu biz uchun kutilmagan hol bo'ldi. Bugungi o'yinga mo'ljallagan rejamiz ham, tarkibimiz ham o'yin boshlanishi oldidan o'zgarib ketdi. O'zlaringiz ko'rdilaringiz, ikkinchi bo'limni yana ikkita yo'qotish bilan boshladik, bu holat ham o'yinimizga salbiy tasir ko'rsatdi. Bugun asosan yosh futbolchilarimiz maydonga tushishdi, ular g'alabaga munosib o'ynashdi. Aniq aytaman, yosh tarkbimiz bugun g'alabaga loyiq edi. Bu yoshlarimiz o'zbek futbolining kelajagi. Bu futbolchilar kelgusida Vatanimiz shanini munosib himoya qilishadi. Biz O'zbekiston futboli uchun ishlayapmiz. Demak, bu yosh futbolchilarning kelajagi oldinda.

Aziz G'aniev bugungi uchrashuvda jarohat oldi, uning jarohati qanchalik jiddiyligini endi aniqlaymz. Umid qilamiz, uning jarohati jiddiy bo'lmaydi.

Biz shu futbolchilarimiz bilan ham muxlislarimiz uchun mazmunli va chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. So'zim so'nggida bizga ishqibozlik qilayotgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman", - deydi Ro'ziqul Berdiev.


"Nasaf"ning "Navbahor"ga qarshi o'yindagi boshlang'ich tarkibidan 10 nafar futbolchi klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo'lishdi. Zaxiradan esa yana ikki nafar akademiya "qaldirg'ochlar"i maydonga tushishdi. Bu "Nasaf" tarixida ilk marotaba yuz bergani etiborga molik

Reyting: +101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика