So’nggi yangiliklar

20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  21 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

"Nasaf" murabbiyi "Manchester Siti"dagi hamkasbi bilan Polshada birga ishlaydi FOTO Yangiliklar

"Nasaf" murabbiyi "Manchester Siti"dagi hamkasbi bilan Polshada birga ishlaydi FOTO

"Nasaf"ning darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Polshaga rasmiy taklif bilan jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.

Polshaning Barvice shahrida yosh darvozabonlar uchun o'tkazilayotgan o'quv-yig'in seminarida Denis Ivankov murabbiy-yo'riqchi (instruktor) sifatida ishtirok etmoqda. "Nasaf" murabbiyi Ivankov bilan birgalikda u erda Angliyaning "Bolton" va "Manchester Siti" jamoasi darvozabonlar murabbiyi va polshalik murabbiylar yo'riqchi sifatida qatnashishmoqda.

Denis Ivankov u erda yuqorida tilga olingan hamkasblari bilan o'zlarining mashg'ulot dasturlaridan namuna ko'rsatishmoqda.

Evropa, Rossiya, Ukraina, Belarus va AQSHdan tashrif buyurgan yuzga yaqin yosh darvozabonlarni Denis Ivankov o'zining maxsus mashg'ulot dasturi bo'yicha shug'ullantirmoqda va darvozabonlar murabbiylariga mahorat darsini (master-klass) o'tamoqda. Ushbu o'quv-yig'ini 1 hafta davom etadi.

Polshaning Barvice shahridagi "GOALKEEPER" nomli darvozabonlar maktabi evropada darvozabonlarni tayyorlaydigan eng yaxshi akademiya hisoblanadi. "Nasaf"da faoliyat yuritayotgan Denis Ivankovni esa ushbu akademiya rahbari Sergey SHipovskiyni shaxsan o'zi taklif etgan.

Qayd etish kerakki, Denis Ivankov avvaliga "Mashal" va 2013 yildan boshlab "Nasaf"da faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynia Ivankov bir qator terma jamoaga nomzod kiperlarni tarbiyalashga muvaffaq bo'ldi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" darvozaboni sanalgan Eldorbek Suyunov, "Mashal"da porlagan, "Nasaf"da o'ynayotgan Sanjar Quvvatov, "Qo'qon-1912" darvozasini ajoyib tarzda qo'riqlayotgan O'tkir Yusupov ham aynan Denis Ivankov kashf etib bergan iqtidorli darvozabonlar hisoblanadi.

SHuningdek, hozirda O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalariga nomzod bo'lgan "Nasaf"ning iqtidorli yosh posboni Umid Ergashev ham Denis Ivankovning topilmasi sanaladi. Yuqoridagi barcha darvozabonlar terma jamoa darvozabonlari va nomzod kiperlar sanalishadi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика