So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  33 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

"Nasaf": Muhammadiev, Allaniyozov va Mamatkazin ketdi, CHeran, Golban va Krasich qoladi Yangiliklar

"Nasaf": Muhammadiev, Allaniyozov va Mamatkazin ketdi, CHeran, Golban va Krasich qoladi

Avval xabar qilganimizdek, jamoamiz shu kunlarda yangi mavsum tayyorgarliklarining ikkinchi bosqichini Qarshi shahridagi o'z qarorgohida davom ettirmoqda.

Albatta, barcha muxlislarni jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlar diqqat markazida bo'lib turibdi.
 
Jamoamiz safida faoliyat yuritgan himoyachi SHuhrat Muhammadiev jamoamizni tark etgan. U endi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida faoliyatini davom ettiradi. O'z o'rnida SHuhrat Muhammadievga klubimiz va barcha muxlislarimiz nomidan yutuqlarimizga qo'shgan hissalari uchun kattadan-katta tashakkurlar bildirib qolamiz. SH.Muhammadievning keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.
 
SHuningdek yangi mavsumdan jamoamiz safida Azamat Allaniyozov, Ildar Mamatkazinlar ham faoliyat yuritmaydigan bo'lishdi. Bu futbolchilar endi boshqa klublarda to'p tepadi.
 
Qolgan barcha mahalliy futbolchilarimiz bilan yangi shartnomalar tuzildi. SHuningdek yangi mavsumdan jamoamizning asosiy tarkibida bir qator yosh futbolchilar ham to'p tepishadi. Bunga Islom Kenjaboev, Navro'zjon Izatillaevlarni misol tariqasida aytish mumkin. SHuni alohida takidlash joizki, keyingi yillarda klubimiz qoshidagi futbol maktabidan ko'plab iqtidorli yosh  futbolchilar etishib chiqmoqda. SHuni ishonch bilan aytish mumkinki, bunday yosh  futbolchilar bu yilgi futbol mavsumida futbol ishqibozlarining etirofiga sazovor bo'lishadi.


 
Legioner futbolchilarimiz Dragan CHeran va Igor Golbanlar yangi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilishadigan bo'lishdi. Bu futbolchilar bilan ham yangi shartnomalar imzolangan. Yana bir legionerimiz Ognen Krasich bilan yaqinda  o'zaro  kelishuvga erishildi. U shu kunlarda jamoamiz tarkibiga kelib qo'shiladi.
 
Jamoamiz rejaga ko'ra, 7 yanvar kuni xorijiy yig'inga jo'nab ketadi. U erda ikki hafta mobaynida yangi mavsum tayyorgarliklarining uchinchi bosqichi bo'lib o'tadi. Ana shu tayyorgarlik jarayonida murabbiylarimiz yangi futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazishi mumkin.
 
Murabbiylarimiz xorijiy yig'in mobaynida 6ta o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazishni rejalashtirishgan. Bu haqda keyinroq to'liq malumot beramiz. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика