So’nggi yangiliklar

12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  15 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  6 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  40

"Nasaf": "Mavsumning so'nggi rasmiy uchrashuvini jamoamiz durang bilan yakunladi" Yangiliklar

"Nasaf": "Mavsumning so'nggi rasmiy uchrashuvini jamoamiz durang bilan yakunladi"

Havoning keskin tushib ketishi buning ustiga butun uchrashuv mobaynida tinimsiz yomg'ir yog'ib turishi, o'yin sifati va maydon holatiga salbiy tasir ko'rsatgan bo'lsada, chempionatning so'nggi uchrashuvi keskin kurashlarga boy bo'ldi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida “Nasaf”ning navbatdagi hujumi go'yoki samarasiz yakunlangandek ko'rinsada, “Olmaliq” himoyachilarining etiborsizligi natijasida mezbonlar yarim himoyachisi Farruh Sayfiev raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabon ustidan oshirib to'rga yo'lladi - 1:0. 28-daqiqada “Nasaf” sardori va chempionat to'purari Artur Gevorkyan mavsumdagi 18-golini kiritdi. Qarshilik futbolchilar burchak to'pini o'yinga kiritishgach, “Olmaliq” himoyachilari xavfni bartaraf etishda xatoga yo'l qo'yishdi. Natijada turkmanistonlik legioner yaqin masofadan Xonimqulov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.  Bo'limning so'nggi besh daqiqasida qarshiliklar ikki marta to'p kiritish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Dastlab Hamrobekovning ajoyib pasidan keyin SHomurodov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, yaqin burchakka zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. Oradan bir daqiqa o'tgach, Gevorkyan Sayfievni raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Yosh yarim himoyachimiz esa to'pni darvozaga yo'llash o'rniga, uni jamoa sardori Gevorkyanga qaytarishga urindi. Buni o'z vaqtida payqagan “Olmaliq” himoyachisi jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

Bo'limning so'nggi daqiqalarida SHkvirin shogirdlarining chap qanotdan boshlagan hujumidan so'ng to'p “Nasaf” jarima maydonchasiga oshirildi va Zohir Primov o'tkir burchak ostida bo'lishiga qaramay Eldorbek Suyunov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi – 2:1.


Ikkinchi bo'limni hisobda ortda qolayotgan mehmonlar o'ta faollik bilan boshlashdi va o'yinning so'nggi daqiqalarida  mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. SHu kuni “Olmaliq” safida juda yaxshi o'yin namoyish etgan jamoaning tunislik legioneri SHakir Zuagi jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 2:2. Qizig'i shundaki, o'tgan yilgi mavsumning ilk uchrashuvida Qarshida mazkur jamoalarning to'qnashuvida so'nggi daqiqalarda “Nasaf” so'nggi daqiqalarda gol kiritib (2:2), mag'lubiyatdan qutulib qolgan bo'lsa, Oliy liga-2014 da endi “Olmaliq” futbolchilari Qarshidagi bahsning so'nggi daqiqasida gol kiritib, o'yin jangovar durang bilan yakunlanishini taminlashdi – 2:2.

 

 

Oliy liga, 26-tur. 07.11.2014.


“Nasaf” – “Olmaliq” 2:2 (2:1)
 

Qarshi shahri. “Markaziy” stadion.1251 tomoshabin.



Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro) – 9,0, Bobir Qodirov (Buxoro)- 9,0, Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro) -9,0, Doniyor Dosanov (Toshkent)- 9.


Nazoratchi: V.Valickiy
 

O'zPFL vakili:  A.Xudaydatov.


“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 9. Ilhom SHomurodov, 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 22. SHohruh Gadoev (5. Botir Qoraev, 53), 23. SHerzod Azamov, 27. Ilhom Yunusov (16. Alisher Yusupov, 72), 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 33. Odiljon Hamrobekov (57. Azizjon G'aniev, 87), Farruh Sayfiev.
 
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 4. Maqsud Karimov, 19. Igor Taran, 38. Doniyor Narzullaev.


“Olmaliq”: 16.Umidjon Xonimqulov, 5. Azamat Isroilov, 6. Zuagi SHakiri, 7. Doston Abdurahmonov (s), 10. Sanjar SHoahmedov (9. Zafar Polvonov, 70), 11. Zohir Pirimov, 18. Dilyaver Abibullaev (93. Islombek Isoqjonov, 43) 20. Darko Stanoevich, 24. Diyor Turopov (17. Nikita Pavlenko, 46) , 50. Evgeniy Gogol, 87. Jahongir Jiyamurodov
 
Zaxiradagilar: 25. Akmal Ortiqov, 2. Temur Kagirov, 23. Sarvarjon Jo'raev, 55. Petar Franjich.

Gollar
: F.Sayfiev (17), A.Gevorkyan (28) – Z.Primov (45), SH.Zuagi (90+1).


Ogohlantirishlar
: I.Yunusov (31), SH.Gadoev (47) – D.Abdurahmonov (27).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика