So’nggi yangiliklar

22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  2 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  3 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  10 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   3 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"Nasaf": Maqsud Karimovni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Nasaf": Maqsud Karimovni tabriklaymiz!

Teglar :  NasafMaqsud Karimov
Bugun "Nasaf" jamoasining mohir himoyachisi, ko'p yillardan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelayotgan sodiq futbolchilaridan biri - Maqsud Karimovning tug'ilgan kuni.

Maqsud Karimov 2008 yilda "Nasaf"ning asosiy tarkibida ilk marta maydonga tushgan. Xorazmliklarga xos mehnatdan qo'rqmaydigan, o'z ustida tinmay ishlaydigan Maks “Nasaf” jamoasida o'z o'rniga ega bo'ldi, murabbiylar ishonchini qozondi.

"Nasaf"ning erishgan yutuqlarda Maqsudning ham salmoqli hissasi bor. Ushbu futbolchimiz o'zining sadoqatli mehnati bilan va mazmunli o'yinlari bilan futbol ishqibozlarining etirofiga sazovor bo'lib kelmoqda.

Futbolda kam baholanib, ko'p mehnat va masuliyat talab etadigan himoyachilikni tanlagan  Maqsud Karimov "Nasaf"da faoliyat yuritib, kam bo'lmadi. Uni "Nasaf" futbol klubi jamoasi chuqur hurmat qiladi. U doimo muxlislar ardog'ida.

Mana shunday sevimli o'yinchimizning bugungi tavallud ayyomi bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va xodimlari hamda barcha muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz. Maqsudga mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Tilagimiz turmush o'rtog'i bilan voyaga etkazayotgan farzandlarini kamolini, baxtini ko'rib yurish nasib etsin.

O'ylaymizki, u kelgusida ham jamoamiz yutuqlariga munosib hissasini qo'shaveradi.   

Maqsudjon, tug'ilgan kuningiz qutlug' bo'lsin!

"Nasaf" PFK jamoasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика