So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Bobir Abdixoliqovning uchta goli "Nasaf"ni Superliga peshqadamiga aylantirdi Yangiliklar

Bobir Abdixoliqovning uchta goli "Nasaf"ni Superliga peshqadamiga aylantirdi

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" o'yini bo'lib o'tdi.

"Nasaf" – "Lokomotiv" 3:0 (TUGADI)

2 iyun. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:30

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: SHohruh Azamov, SHohruh Maqsudov

Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev

VAR: Davron Akmalov

AVAR: Firdavs Norsafarov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Bobir Abdixoliqov 8, 1:0, Bobir Abdixoliqov (Viktor Mateus Da Silva Matos,) 49, 2:0, Bobir Abdixoliqov (Viktor Mateus Da Silva Matos) 68, 3:0

Amalga oshirilmagan penalti: Sanjar Tursunov (darvozabon qaytardi) 75

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 6. Murodbek Rahmatov (8. Zafarmurod Abdirahmatov,86), 7. Akmal Mozgovoy (s), 9. Javohir Sidiqov, 10. Bobir Abdixoliqov (32. Zoran Marushich,77), 14. SHarof Muhitdinov, 20. Viktor Mateus Da Silva Matos (21. Doniyorjon Narzullaev,  86), 30. Timur CHogadze (27. Islom Kenjaboev,77), 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oyber Bozorov (44. SHahzod Akramov,89)

Zaxira: 91. Zafar Safoev,  28. SHuhrat Muhammadiev,   70. Jambuli Jigauri, 88. Marko Stanoevich.

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 8. Damyan Krayishnik (7. Sardor Abdunabiev, 46), 10. Ivan Bulatovich, 14. Dilshodjon Komilov, 17. Sanjar Tursunov (s), 22. Muhammadanas Hasanov (15. Jasurbek Hakimov, 87), 26. Abdulloh Yo'ldoshev (11. Izzatilla Abdullaev,65), 55. Anzur Ismoilov, 70. Abubakr Rizo Turdialiev (23. Jahongir Hoshimboev, 65)

Zaxira: 16. Danil Baklanov, 6. SHerzodjon Komilov,   20. Javohir Mubarakov,  27. Sobit Sindarov, 99. To'lqin Ergashev.

Ogohlantirish: Abdulazizxon Abdurashidov ("Lokomotiv") 82


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. "Nasaf", Oybek Bozorov o'rniga SHahzod Akramov maydonga tushdi. 

87. O'ZGARISH. "Lokomotiv", Muhammadanas Hasanov o'rniga Jasur Hakimov tushdi.

86. O'ZGARISH. "Nasaf", Viktor Da Silva o'rniga Doniyor Narzullaev, Murodbek Rahmatov o'rniga Zafarmurod Abdurahmatov tushdi. 

82. OGOHLANTIRISH. "Lokomotiv", Abdulazizxon Abdurashidov

77. O'ZGARISH. "Nasaf", Bobir Abdixoliqov o'rniga Zoran Marushich, Temur CHogadze o'rniga Islom Kenjaboev tushdi. 

76. SEYV. NE'MATOV. Abduvohid Nematov Sanjar Tursunovning penaltisini qaytardi. O'yin davom etadi 

74. PENALTI. "Nasaf" darvozasiga. VAR hakamlari qaroridan so'ng G'ayrat Jumaev 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. 

68. GOL. "Nasaf"dan o'ylangan va aniq qarshi hujum, yakunda gol. Bu chiroyli kombinaciyaga Bobir Abdixoliqov yakun yasadi. 

65. O'ZGARISH. "Lokomotiv", Abubakr Rizo Turdialiev o'rniga Jahongir Hoshimboev, Abdulloh Yo'ldoshev o'rniga Izzatilla Abdullaev tushdi. 

62. "Nasaf" yana hujumlar seriyasi. Abdulloh Yo'ldoshev darvozaga kirib ketayotgan to'pni boshi bilan qaytarib qoldi. Juda xavfli vaziyat. 

50. VAR hakamlari tomonidan vaziyat ko'rib chiqildi va gol inobatga olindi. 

49. GOL. Bobir Abdixoliqov o'yinda dublni rasmiylashtirdi. Bozorov pressingda to'pni olib qo'ydi va Da Silvaga uzatdi, u esa Bobirni ko'rdi. Hisob 2:0

46. O'ZGARISH. "Lokomotiv", Damyan Krayishnik o'rniga Sardor Abdunabiev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. YO'Q, PENALTI YO'Q. G'ayrat Jo'raev VAR monitorida o'zi vaziyatni ko'rdi va yakuniy qarorni qabul qildi.

45. Juda bahsli vaziyat. 

45. G'ayrat Jo'raevning o'zi VAR monitori oldiga keldi. 

45. PENALTI KO'RILMOQDA. "Lokomotiv" hujum tashkil qildi, to'p  Mozgovoyning qo'liga tekkani  yoki tegmagani aniqlashtirilmoqda. 

34. "Nasaf"ning ketma ket hujumlari samarasiz ketdi. 

26. O'yin tempi tenglashdi.

23. ZARBA. Bobir Abdixoliqovning zarbasini "temiryo'lchilar" kiperi ushlab oldi. Dublga yaqin kelgandi. 

20. ZARBA. Sanjar Tursunov pushka zarba bilan "Nasaf" darvozasiga yo'l topib ko'rdi. Lekin noaniq. 

17. Bobir Abdixoliqov 1290 kundan (3 yil, 6 oy, 13 kun) so'ng O'zbekiston Superligasida gol urdi. So'nggi bor hujumchi 2020 yilning 20 noyabr sanasida "So'g'diyona"ga gol urgandi.

14. "Lokomotiv" oldinga o'tdi. Bulatovich katta tezlikda qochib ketib qarshiliklar jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Bu erda Nematov va himoyachilar o'z ishini yaxshi bajardi. 

12. Nasrullaevning xavfli uzatmasini jamoadoshi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarba noaniq. 

8. GOL. "Nasaf" uchrashuvda hisobni ochdi. Bobir Abdixoliqov nihoyat gollari sonini ochdi va mavsumdagi ilk golini urdi. 

6. ZARBA. Oybek Bozorov raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratdi. "Loko" posboni ishonchli harakat qildi. 

5. To'p nazorati maydon egalarida. "Lokomotiv" ham sekin-asta pressingga o'tmoqda. 

4. ZARBA. Nasrullaev o'z qanotidan "Lokomotiv" darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. Zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

- O'yinga start berildi. 

-  Jamoalar maydonga chiqib keldi. Muxlislar o'z jamoalarini olqishlar bilan qarshi olishdi. 

- Uchrashuv 19:30da start oladi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика