"Nasaf" "Lokomotiv" maydonida durangga erishdi
24 mar 2014 17:52
Yangiliklar


"Nasaf" "Lokomotiv" maydonida durangga erishdi
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 1:1
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), A. Capenko (Toshkent viloyati), SH. Qosimov (Toshkent).
Gollar: Ibrohim Rahimov, 12 - 1:0. Ilhom SHomurodov, 90+2 - 1:1 (Alisher Yusupov).
Lokomotiv: Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yuldashev, Viktor Karpenko (s), Jasur Hasanov (Fozil Musaev, 61) Dilshod Jabborov, Lutfulla To'raev, Ibrohim Rahimov (Jasur Hasanov (kichik), 77), Vyacheslav SHevchenko, Aleksandr SHadrin (Andrey Kojokar, 46).
Zaxira: Temur Jo'raev, Akmal Xolmatov, Farhod Tojiev, Ivan Nagaev.
Nasaf: Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Ilhom SHomurodov, Kenja To'raev (Azamat Allaniyazov, 46), Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev (Ulug'bek Dadaboev, 85), Ilhom Yunusov, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Farruh Sayfiev.
Zaxira: O'tkir Yusupov, Akrom Bahriddinov, Laziz Ubaydullaev, Alisher Yusupov, SHerzod Azamov.
Ogohlantirish: Andrey Kojokar 80
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Ushbu sahifa orqali o'yinning matnli translyaciyasini berib borildi.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+4-daqiqa. O'YIN TUGADI. 1:1
90+3-daqiqa. Javob hujumi! Ilhom SHomurodov bu safar gol ura olmadi, burchak to'pi. Gevorkyan tomonidan oshirib berilgan to'pga hech kim eta olmadi
90+3-daqiqa. Xavfli vaziyat! Islom To'xtaxo'jaev qulay imkoniyatdan foydala olmadi
90+2-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Alisher Yusupov qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Ilhom SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1.
90+2-daqiqa. GOL. 1:1. Ilhom SHomurodov
90+1-daqiqa. O'zgarish. "Nasaf". Maqsud Karimov o'rniga Alisher Yusupov
90-daqiqa. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi
88-daqiqa. "Nasaf" jarima to'piga ega bo'ldi. Oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi
85-daqiqa. O'zgarish. "Nasaf". Erkin Boydullaev o'rniga Ulug'bek Dadaboev maydonga tushdi
79-daqiqa. "Nasaf"ning hujumi. SHuhrat Muhammadiev raqib jarima maydoni yoniga borib raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi, har holda hakam shunday qaror qabul qildi
77-daqiqa. O'zgarish. "Lokomotiv". Ibrohim Rahimov o'rniga kichik Jasur Hasanov tushdi
71-daqiqa. Xavfli vaziyat! Vyacheslav SHevchenko to'pni o'zida saqlab qolib hujumni barbod qildi, uni yonida Rahimov bor edi
66-daqiqa. Kuchli yomg'ir ostida o'yin surati pasaygani yo'q
64-daqiqa. Erkin Boydullaevning jarima maydon tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.
61-daqiqa. O'zgarish. "Lokomotiv". Jasur Hasanov o'rniga Fozil Musaev maydonga tushdi
59-daqiqa. Maydonga Fozil Musaev tushishga tayyorlanmoqda
59-daqiqa. Ilhom Yunusovning zarbasidan so'ng to'p darvozaning to'riga tashqi tomondan tegdi
58-daqiqa. Jasur Hasanov to'pni jarima maydoniga oshirdi, to'pni Muhammadiev qaytarib yubordi
55-daqiqa. "Nasaf" to'p bilan muomula qilmoqda, Qoraevning chap qanotdan oshirib bergan to'pini To'xtaxo'jaev qaytardi.
52-daqiqa. Xavfli vaziyat! Gevorkyan to'pni oldinga tashladi, SHomurodov to'pga har qancha intilmasin unga eta olmadi
48-daqiqa. Hasanovning pasidan so'ng SHevchenko raqib jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan to'xtatib oldi, hakam o'yinni to'xtatdi
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
46-daqiqa. O'zgarish. "Lokomotiv". Aleksandr SHadrin o'rniga Andrey Kojokar maydonga tushdi
46-daqiqa. O'zgarish. "Nasaf". Kenja To'raev o'rniga Azamat Allaniyazov maydonga tushdi
45+1 daqiqa. Dastlabki bo'lim tugadi. Hozircha 1:0. Tanaffus
45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
40-daqiqa. Ilhom SHomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
39-daqiqa. Jasur Hasanov jarima to'pini ishlab oldi, jarima to'pi Viktor Karpenkoga oshirildi, uning zarbasi o'xshamadi
38-daqiqa. Farruh Sayfiev Karpenkodan qochib ketdi, ammo o'zi ham to'pga eta olmadi
35-daqiqa. Javob hujumi. "Temiryo'lchilar" vaziyatdan unumli foydalana olishmadi, bu vaziyatda Lutfulla darvozaga zarba berdi, Eldor Suyunov o'zini ko'rsatdi
34-daqiqa. Ilhom SHomurodovni himoyachilar bir harakat bilan birga bir vaziyatga chiqarib yuborishdi, Nesterov buni kutib turgan ekan va to'pni bir amallab qaytardi, SHomurodov yiqildi, hakam bu vaziyatda jarima to'pi belgilash uchun asos yo'q deb hisobladi
32-daqiqa. Lutfulla To'raev chamasi 22 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p Maqsud Karimovga tegib qaytdi
28-daqiqa. Hozircha to'pni egallab turish bo'yicha ustunlik "Lokomotiv" tomonida. To'g'ri hujumni ko'proq "ajdarlar" tashkil qilishmoqda
26-daqiqa. Jasur Hasanov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
23-daqiqa. Kenja To'raev! Hujumchi jarima maydoni chizig'i ustidan himoyachilardan qaytgan to'pni o'ziga to'g'rilab oldi va zarba berdi, to'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi
21-daqiqa. Burchak to'pidan so'ng Nesterov to'pni mushtlari bilan qaytarib yubordi
20-daqiqa. Gevorkyan raqib jarima maydoni yoniga etib keldi va darvozaga zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib, so'ngra Nesterovning qo'liga tegib maydonni tark etdi
19-daqiqa. Ilhom Yunusov qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, bu erda himoyachilar qurshovida turgan Kenja To'raev to'pni to'xtata olmadi
18-daqiqa. Endi maydon egalarining hujumi o'xshamadi. SHevchenko bu vaziyatda to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi
17-daqiqa. Kenja To'raevning pasidan so'ng Gevorkyan oldinga o'tdi, ammo to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va hujum to'xtadi
13-daqiqa. Ibrohim Rahimov raqib himoyachilari xatosidan so'ng darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochdi - 1:0.
12-daqiqa. GOL. 1:0
10-daqiqa. Hasanov endi jarima to'pini amalga oshirdi. To'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
8-daqiqa. Katta Jasur Hasanov qanotdan to'pni raqib jarima maydoniga uzatib berdi, Eldor Suyunov to'pga ega chiqdi
5-daqiqa. Gevorkyan uzatib bergan to'pni Farruh Sayfiev darvozaga yo'llashda biroz adashdi
- 16:00. O'YIN BOSHLANDI
- 15:57. Mamlakat madhiyasi sadolari ostida har ikkala jamoa sardorlari stadionda chempionat bayrog'ini ko'tarishdi.
- 15:53. "Lokomotiv" stadionida yangi mavsum oldidan ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda "Lokomotiv" klubi prezidenti Ravshan Ikromov barchani yangi mavsum bilan tabrikladi va jamoalarga omad tiladi.
- 15:50. Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda
- O'yin soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar