So’nggi yangiliklar

15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  10 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5

“Nasaf” lageridan daraklar Yangiliklar

“Nasaf” lageridan daraklar

O'zingizga malum, barcha jamoalarda yangi mavsum oldidan “keldi-ketdilar” bo'ladi.

Bu ham futbolning bir qismi sanaladi. “Ajdarlar” safida ham o'zgarishlar bo'ldi. O'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Andriya Kaluderovich va Doniyor Narzullaev jamoani tark etishdi. Biz ularning keyingi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Bundan tashqari murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'ldi. Jamoa darvozabonlari murabbiyi Denis Ivankov ham jamoani tark etdi. Denis Aleksandrovichga ham keyingi faoliyatida omad tilab qolamiz.

SHuningdek SHohmalik Komilov, Jasur Jumaev va Jo'rabek Mannonov Samarqandning “Dinamo” jamoasiga “Nasaf”futbol klubi uchun moliyaviy foydali shartlar asosida, Abubakr-Rizo Turdialiev esa “Olimpik” jamaosiga bir mavsumga ijaraga berildi.

"Nasaf" muxlislaridan yuqoridagi holatlardan tushkunlikka tushmasliklarini so'rab qolamiz. Yodingizda bo'lsa, “Nasaf” futbol klubi rahbariyati 2021 yilgi mavsum o'rtasida jamoaning asosiy o'n to'rt nafar etakchi futbolchilari bilan shartnomalarni uzoq muddatga cho'zgan edi. 2021 yil mavsum oxirida yana bir etakchi, Samarqandda bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi finalida g'alaba golini urgan G'olib G'aybullaev ham jamoa bilan shartnomani uch yil muddatga uzaytirdi.

“Nasaf” futbol klubi tomonidan ijaraga berilgan, yuqorida keltirilgan futbolchilarning ham klub bilan uzoq muddatli shartnomalari bor. 2022 yilgi futbol mavsumi yakunlanganidan so'ng futbolchilar jamoaga kelib qo'shilishadi", - deb yozadi “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика