So’nggi yangiliklar

23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  4 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  53 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  38 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  10 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  26

"Nasaf": Jamoani tark etganlar, Roy Rok tibbiy ko'rikdan o'tolmagani va "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bahs haqida Yangiliklar

"Nasaf": Jamoani tark etganlar, Roy Rok tibbiy ko'rikdan o'tolmagani va "So'g'diyona" bilan bo'ladigan bahs haqida

Teglar :  Nasaf
Bugun yangi haftaning ilk kunida “Nasaf” Toshkentda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

 

Aslida 25 yanvar sanasida qarshilik futbolchilari Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan kuch sinashishlari lozim edi. Ammo malum sabablarga ko'ra, mazkur bahs o'tkazilmaydigan bo'ldi. Natijada jamoamiz Davron Fayziev boshchiligidagi  “So'g'diyona”ga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi.

Jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak,  o'tgan haftada “Navbahor”ga qarshi bahsda jamoa tarkibida ko'rikdan o'tgan Ildar Mamatkazin klub bilan shartnomaga imzo chekdi.  “Lokomotiv” bilan shartnomasi yakuniga etgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev ham yangi mavsumda “Nasaf” sharafini himoya qiladigan bo'ldi. SHuningdek, o'tgan mavsumda “So'g'diyona”da harakat qilgan himoyachi Saydullo Rahmatov ham “Nasaf” bilan kelishuvga erishdi. Bungacha “Mashal”dan iqtidorli posbon “Nasaf” bilan bir yillik bitimga imzo chekkandi.  Ayni paytda bir yo'la uch nafar futbolchimiz – himoyachi Hamza Karimov, Farruh Sayfiev  va yarim himoyachi Odil Hamrobekov jarohati bois jamoa tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etishmayapti. 

O'z navbatida so'nggi to'rt mavsumda “Nasaf” sharafini himoya qilgan SHoxruh Gadoev keyingi faoliyatini Bahraynning “Muharraq” jamoasi bilan bog'ladi. SHuningdek, jamoani darvozabonlar O'tkir Yusupov, Alibek Turobov, Ilhom Yunusov, Botir Qoraev, Akram Bahriddinov, Alisher Yusupov tark etishdi. O'tgan mavsumda qarshilik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib qolgan sloveniyalik Roy Rok kuni kecha poytaxtimizda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tolmadi tabiiyki, u jamoa bilan yangi shartnomaga imzo chekmaydigan bo'ldi.

“Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvi 25  yanvar kuni soat 15:00 da “Bunyodkor” stadioni futbol maktabi maydonida boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика