"Nasaf" ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etdi
14 jan 2023 01:24
Yangiliklar
"Nasaf" ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etdi
Bu uchrashuvda Bobir Abdixoliqov va Mateus Lima Kruz bittadan gol urib, durang qayd etishdi.
"Bugun jamoamiz Qarshidagi yig'in doirasida ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etishdi. Uchrashuvda dastlab “oqlar” safida to'p surgan Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi (1:0). “Ko'klar”dan esa Mateus Lima Kruz boshi bilan to'pni darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi (1:1). Ikkinchi bo'limda Husniddin Aliqulov o'n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib “oqlar” g'alabasini taminladi (2:1).
Eslatib o'tamiz, qarshiliklar 26-yanvargacha Qarshida mashg'ulot olib borishadi va 27-yanvar kuni Turkiyaga uchib ketishadi", -deyiladi "Nasaf" klubi matbuot xizmati bergan xabarda.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar