So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5

"Nasaf": Biz vakillarimiz bilan faxrlanamiz! Yangiliklar

"Nasaf": Biz vakillarimiz bilan faxrlanamiz!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahraynda yoshlar o'rtasida U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu chempionatda Jasur Abduraimov boshchiligidaga yoshlarimiz terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yoshlarimiz kecha muhim g'alabasini qo'lga kiritib, guruhda muddatidan avval 1-o'rinni naqd qildi. Endi yoshlarimiz musobaqa chorak finalida “S” guruhida 2-o'rinni egallagan terma jamoa bilan bahs yuritadi. Demak, yoshlarimizga Yaponiya, Qatar yoki Eron yoshlari raqib bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, musobaqada yarim finalga chiqqan to'rt jamoa keyingi yil Janubiy Koreyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Terma jamoa safida “Nasaf”ning 4 nafar asosiy tarkib o'yinchilari ham bor. Bular darvozabon - Umidjon Ergashev (17 yosh), yarim himoyachilar - Azizjon G'aniev (18 yosh) va SHarof Muhiddinovlar (19 yosh) hamda hujumchimiz - Bobir Abduholiqovlardir (19 yosh). Ushbu o'yinchilarimizning barchasi klubimiz futbol maktabining tarbiyalanuvchilaridir.

“Nasaf” PFK ushbu yoshlarimizning Osiyo chempionatida yurtimiz shanini munosib himoya qilayotganidan faxrlanadi.

Kecha bo'lib o'tgan Avstraliya yoshlariga qarshi uchrashuvda Bobir Abduholiqov 29-daqiqada gol kiritib, yoshlarimizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Xo'sh, ushbu futbolchilarimiz chempionatda qanday ishtirok etishmoqda? 15 oktyabr kuni Tojikiston yoshlariga qarshi uchrashuvda yoshlarimiz irodali 2:1 hisobida g'alaba quchganidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuvda Umidjon Ergashev, Azizjon G'aniev va SHarof Muhiddinovlar to'liq maydonda harakat qilishdi. Bobir Abduholiqov esa ikkinchi bo'limdan maydonga tushdi.

Kecha bo'lib o'tgan Avstraliya yoshlariga qarshi uchrashuvda esa Azizjon G'aniev, SHarof Muhiddinovlar to'liq o'ynashdi. Bobir Abduxoliqov 69-daqiqada almashtirildi. Darvozabonimiz Umidjon Ergashev zahirada qoldirildi.

Yana shuni takidlash joizki, o'tgan ikki uchrashuvda SHarof Muhiddinov va Azizjon G'anievlar bir martadan hakam tomonidan ogohlantirish ham olgan.

U-19 terma jamoamiz safida shuningdek, Samarqandning “Dinamo”, Qo'qonning “Qo'qon-1912”, Bekobodning “Metallurg”, Navoiyning “Qizilqum”, Olmaliqning “Olmaliq”, Farg'onaning “Neftchi”, Toshkentning “Paxtakor” va “Bunyodkor” hamda Respublika Olimpiya Zahiralari Kollejidan ham vakillar borligi etiborlidir.

Umid qilamizki, ushbu futbolchilarimiz terma jamoamiz safida chiroyli o'yin ko'rsatishib, yurtimiz shanini munosib himoya qilishadi va mamlakatmizga yorug' yuz bilan qaytishadi. Ularga barcha o'zbek futbol ishqbozlari nomidan ulkan zafarlar tilab qolamiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика