So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  24 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

"Napoli" va "Milan"ning g'alabalari, Italiya chempionatidagi natijalar Yangiliklar

"Napoli" va "Milan"ning g'alabalari, Italiya chempionatidagi natijalar

O'tgan haftada Italiya chempionatida 26-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

A Seriyaning ortda qolgan turi haqida Sergey Rumyancev yozadi.

"NAPOLI" KALYARIDA G'ALABAGA ERISHDI



Payshanba kuni "Leypcig"ga qarshi o'yindan keyin Sardiniyaga tashrif buyurgan "Napoli" g'alaba qozongan bo'lsa-da, Evropa ligasini tark etdi. Sarri jamoasida muammolar borga o'xshadi. Biroq ilk daqiqalardan neapolliklarning o'yinda favorit ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. "Napoli" tezda gol urishga erishdi. Keyinchalik mehmonlar biroz temp tushgan vaqtda yana bir to'p kiritdi. Allan qanotdan to'pni Kalexonga oshirdi, jarima maydonchasi ichida bo'lgan tartibsiz o'yin natijasida gol kiritildi. "Napoli"ning uchinchi goli juda chiroyli bo'ldi. Kombinaciyada barcha 11 futbolchi ishtirok etdi. Insine esa Gamshikka gol urish imkoniyatini yaratdi. Ko'p o'tmasdan Lorenco Insinening o'zi ham penaltidan gol kiritdi. So'nggi daqiqalarda Ruy ham gol urib, yakuniy nuqtani qo'ydi. Portugaliyalik futbolchi uchun bu gol so'nggi uch uchrashuvdagi ikkinchi golidir. "Napoli" A Seriyada ketma ket 10-g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa Evropada ichki chempionatda g'alaba qozonish bo'yicha 2-o'rinda bormoqda. Sarri shogirdlarining oldida 12 finalga teng bahslar borligini hisobga olsak, hali barchasi oldinda.


"MILAN" "ROMA"NI MAG'LUB ETDI



Turning markaziy bahsida "Olimpiko"da Rim va Milan jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Jannaro Gattuzo jamoasi ECHLda kurash olib borayotgan "Roma"ga dars o'tadi. Ikki jamoa ham o'tgan haftada evrokuboklarda o'yin o'tkazgandi. "Milan"da esa tiklanish uchun vaqt kamroq edi. Rimliklarga esa rang-baranglik etishmadi. Patrik SHik Edin Jekoning o'rniga maydonga tushdi. Jengiz Under esa kimlarningdir soyasida qolib ketmoqda. Birinchi bo'limda tomonlar yopiq o'yin namoyish etishdi. Ikkinchi taymda esa biroz ochiqroq o'yin bo'ldi. "Roma"ning xavfli hujumiga mehmonlar gol bilan javob qaytarishdi. Kutronening chiroyli va ayyorona zarbasini Alisson qaytara olmadi. "Roma" ham oldinga o'tar, biroq ularga yakuniy pas etishmayotgandi. Raja Nainggolan va Lorenco Pellegrini ham "Milan"ning himoyasini yorib o'ta olmadi. 74-daqiqada "Roma" orqa chiziqdagi qo'pol xato evaziga jazolandi. Kalabriya ilk bora gol urishga erishdi. "Milan" 2011 yildan keyin "Roma"ni birinchi marta safarda dog'da qoldirdi.


"INTER" QIYINCHILIK BILAN G'ALABAGA ERISHDI



"Bolonya" mag'lub etilganidan keyin Luchano Spaletti jamoasida qandaydir o'zgarishlar bo'lishi mumkindek edi. Biroq  "neradzurri"lar "Jenoa"ga yutqazib qo'yishdi va inqiroz borasidagi gaplar yana davom etdi. Har bir ochko uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan "Benevento" qiyinchilik evaziga dog'da qoldirildi. "Inter" tarkibida yana Mauro Ikardi ko'rinish bermadi. Uning joyini Eder egalladi. Birinchi bo'lim o'ta zerikarli o'tdi. Mehmonlar himoyada yaxshi o'yin ko'rsatgani bois, "Inter" Pudjoni darvozasi oldida hech qanday xavfli vaziyat yarata olmadi. Agarda o'yinning borishi shunday bo'lib, Spaletti shogirdlari g'alabaga erisha olishmaganida, jamoaga yana tanqidlar toshi otilardi. Yaxshiki, tarkibda yuqori saviyali futbolchilar juda ko'p. Milan SHkrinyar havodan oshirilgan to'pni bosh bilan darvoza to'riga yo'lladi va A Seriyada o'zining to'rtinchi golini kiritdi. 3 daqiqadan keyin milanliklarning yana bir markaziy himoyachisi Andre Ranokkya ham raqib darvozasini ishg'ol etdi. "Inter" 2018 yilda ilk marta quruq o'yin o'tkazdi va derbi uchun yaxshi repeticiya o'tkazib oldi.


SPAL AUTSAYDERLAR UCHRASHUVIDA KUCHLIROQ EKANLIGINI ISBOTLADI



"Krotone" va SPAL ayni damda A Seriyada qolish uchun kurashmoqda, intriga so'nggi turgacha saqlanib qoladi. "Benevento"dan uchralgan mag'lubiyat esa hali hech nimani anglatmaydi. Uchrashuvning birinchi bo'limida SPAL gol urdi. Jamoaning eng ko'r gol urgan azosi Mirko Antenuchchi imkoniyatdan unumli foydalandi. Ikkinchi bo'limda voqealar rivoji tezlashib ketdi. Budimir hisobni tenglashtirdi. Biroq ikki daqiqa o'tib mehmonlarning yangi azosi Simich gol urdi. 9-daqiqa o'tib, Paloski jamoasining uchun yana bir to'p kiritdi. "Krotone" raqib darvozasini bir bor ishg'ol etgan bo'lsa-da, bu o'yinni qutqarib qolish uchun etmadi.


"LACIO" "SASSUOLO"NI DOG'DA QOLDIRDI



O'tgan turdagi g'alaba "burgutlar"ga ishonch baxsh etgandi, "Sassuolo" ham bu uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurdi. Biroq 7-daqiqadayoq o'yin taqdiri deyarli hal bo'ldi, deb ayta olamiz. O'sha pallada Sergey Milinkovich-Savich to'p kiritishga erishdi. "Sassuolo" deyarli qarshilik ko'rsatmadi. To'purarlar poygasida etakchilik qilayotgan CHiro Immobile esa o'zi ishlab olgan penaltini bajarishda qiynalmadi. Ikkinchi bo'lim boshida birinchi gol muallifi dubl qayd etdi. O'yindagi so'nggi gol shu vaqtda kiritilgan bo'lsa-da, o'yin biroz qiziqarli kechdi. "Sassuolo" ligada qolish uchun qattiq harakat qilmoqda. Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Immobile yaxshi jismoniy holatda, Andersonning ham chiroyli o'yin ko'rsatayotganini takidlash joiz. "Lacio" shu kungi o'yinda nafaqat kuch, balki, hissiyotlarni ham ayamadi. CHunki ularning oldida yuqori maqsadlar qo'yilgan.

SHuningdek:

"Yuventus" - "Atalanta" uchrashuvi Turindagi qorli ob-havo sababli boshqa kunga qoldirildi.
"Sampdoriya" "Udineze" ustidan chiroyli g'alabaga erishdi.
Valotining dubli evaziga "Verona" "Torino"ni dog'da qoldirdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика