So’nggi yangiliklar

15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  0 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  1 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  3 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  4 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  1 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3 09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  1

"Napoli" safarda "Sassuolo"ga qarshi, SHomurodov "Yuventus" darvozasiga gol ura oladimi - A Seriya 23-tur prevyusi Yangiliklar

"Napoli" safarda "Sassuolo"ga qarshi, SHomurodov "Yuventus" darvozasiga gol ura oladimi - A Seriya 23-tur prevyusi

Italiya chempionatining navbatdagi turi ham bizga qator qiziqarli bahslarni vada qilmoqda.

Bugun sizlar bilan 23-turning etiborga loyiq to'qnashuvlari va ulardan nimalar kutish mumkinligi haqida gaplashamiz.


"Sassuolo" - "Napoli"

Konsilya jarohatidan to'liq tuzaldi va jamoasiga yordam bera oladi. Tolyan va Myulderning esa ushbu bahsda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda. Hujumda esa Dionizi katta ehtimol Lorent-Defrel juftligiga ishonch bildiradi. Pinamonti o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. 

Jarohat olgan Raspadorining ishtiroki so'roq ostida. Umuman olganda "Napoli" CHempionlar Ligasi o'yinini yodda tutgan holda harakat qiladi. SHunday ekan etakchilardan kimdirga dam berilishi mumkin. Asosiy tarkibda Demme, Elmas yoki Politanoni ko'rsak ajab emas.

Birinchi davra bahsida "Napoli" "Sassuolo"ni yirik 4-0 hisobida taslim etgandi. Bu safar ham chempionat etakchisi favorit, ammo neapolliklarga oson bo'lmasligi aniq. Muxlislar bosimi bo'lishi deyarli aniq. Nazarimizda, murosasiz kurashlar va gollarni kutsak arziydi. "Sassuolo" oxirgi vaqtlarda yana o'ziga kela boshladi va hech kim to'xtata olmayotgan "Napoli"ni to'xtatishni istashi aniq.


"Monca" - "Milan"

Himoyachi Vinyato jarohat sabab maydonga tusha olmasligi aniq. SHuningdek, Sensi va Kaldirolaning ham jamoasiga yordam bera olishi so'roq ostida. Hujumda esa Palladino "Milan" tarbiyalanuvchisi Petanyaga ishonch bildiradi. 

"Milan" lazareti hamon o'yinchilar bilan to'lgan, Benasser hali ham safga qaytmagan. SHunday ekan markazni Krunich va Tonalli egallaydi. Balki zaxiradan Zlatan Ibragimovich o'yinga qo'shilar. Yosh De Kattelare esa ilk daqiqalardan jangga tashlanishi mumkin.

"Milan" birinchi davrada "Monca"ni ancha oson (4-1) mag'lub etgan. Hozirgi holatida ham milanliklar favorit. SHunday bo'lsada, CHempionlar Ligasi pley-off bahsi tasir qilishi mumkin, qo'shimchasiga "Monca" ham oxirgi uchrashuvlarda ochkolar uchun astoydil kurashmoqda. SHunday ekan "rossoneri" g'alabani istasa astoydil ter to'kishiga to'g'ri keladi.


"Inter" - "Udineze"

"Sampdoriya"ga qarshi uchrashuvdan keyin xulosalar chiqarilishi turgan gap. Bastoni, Dimarko, Brozovich va katta ehtimol Jeko asosiy tarkibga qaytariladi. Lukaku bu safar zaxirada qolsada, hali imkoniyatga ega bo'lishi aniq. "Inter" tarkibida Korreadan boshqa yo'qotish yo'q. SHu sababli Inzagi eksperimentlarga qo'l urishi mumkin. 

Sottilning baxtiga Pereyra sog'ayib, safga qaytdi. SHunday ekan faqatgina tizzasi bilan muammolarga duch kelgan Deulofeuning ushbu bahsdagi ishtiroki so'roq ostida qolmoqda. Ispaniyalik jamoaga yordam bera olmasa hujumda Betu-Saksess duetini ko'ramiz.

Birinchi davra bahsdia "Udineze" kutilmaganda 3-1 hisobida zafar quchgan. SHunday bo'lishiga qaramay, "Inter" bo'lajak bahs favoriti. Inzagi CHempionlar Ligasi o'yinini ham unutmasligi zarur, "biroq chempionatda ham ochkolar zarur. O'ylashimizcha, "Inter" qoqilmaydi va noqulay raqib bo'lsada, "Udineze"ni engadi.


"Speciya" - "Yuventus"

Mezbonlar uchun yaxshi yangilik: Ampadu va Kaldara safga qaytishdi, ammo Espozito qizil kartochka tufayli bu o'yinni o'tkazib yuboradi. Nzola hozircha davolanish bilan ovvora va "Speciya" hujumida SHomurodov hamda Gyassi tushishi kutilmoqda. Ularga esa orqaroqdan Agudello yordamlashadi. 

"Yuventus" asosiy tarkibiga grippdan qutilgan Kuadrado qaytishi kutilmoqda. Tunda Evropa Ligasi doirasidagi bahsda u zaxiradan tushirildi. Hujumda esa Allegri Keza-Vlaxovich juftligiga ishonch bildirsa kerak. Ancha oldin safga qaytishi taxmin qilingan Pogba hamon jarohatidan forig' bo'lmadi.

Oxirgi marta ushbu jamoalar ro'baro kelganida "Yuventus" ishonchli tarzda (2-0) g'alaba qozongandi. Bu uchrashuvda "keksa sinora" yana favorit. Klub oxirgi vaqtlarda ancha xursand qilyapti. "Yuventus" chempionat doirasidagi oxirgi uchta o'yinda gol o'tkazib yubormadi va "Speciya" turinliklarni ranjita olishi qiyin bo'ladi.


"Atalanta" - "Lechche"

Xateburning jarohati Gasperini uchun kutilmagan bosh og'riq bo'lishi turgan gap. Afsuski futbolchi uchun mavsum yakuniga etdi. SHuningdek, Pashalich va Muratore ham jarohatlangan. Diskvalifikaciyadan Melle va Muriel qaytadi, ammo De Ron va Skalvini shunday sabab bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Simone Baronening himoya borasida muammolari mavjud. Katta ehtimol bilan Askildson va Umtiti o'ynay olishmaydi. Biroq hujumda barchasi joyida Di Franchesko-Kolombo-Strefecca uchligi ajoyib sport formasida.

"Lechche" avvalgi bahsda 2-1 hisobida zafar quchgan bo'lsada, mutaxassislar bo'lajak bahs favoriti sifatida "Atalanta"ni ko'rishmoqda. Gasperini shogirdlari "Lacio"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazishdi, bu safar esa ilk daqiqalardan tashabbusni o'z qo'liga olib, masalani tezroq hal qilishga urinadi. "Lechche"ning himoyadagi muammolaridan kelib chiqsak, mehmonlarga oson bo'lmaydi. Hattoki yaxshi holatida ham uncha-muncha jamoa A Seriyaning eng sermahsul hujumlaridan birini to'xtatib qola olmaydi.


Aleksey Miranchuk Kvaracxeliyadan qimmatroq?!


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика