Nani: "Ronaldu uchun bundan-da yaxshiroq joy yo'q edi"
14 noy 2021 22:37
Yangiliklar
Nani: "Ronaldu uchun bundan-da yaxshiroq joy yo'q edi"
"Orlando Siti"da o'ynayotgan "Manchester Yunayted"ning sobiq vingeri Nani "qizil iblislar"ning muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Men har doim jamoa o'yinlarini tomosha qilaman, ayniqsa, bugunki kunda, sababi klubda Krishtianu bor. Albatta, u haqidagi yangiliklarni kuzatganimda va uning "Yuventus"dagi holatini anglaganimda, Ronalduning qaytishi uchun bundan yaxshiroq joy yo'qligini his qilgandim. Uning Turindan ketishi mumkinligini, shu bois Ronalduning qaytishi meni ajablantirmadi", — dedi Nani.
Eslatib o'tamiz, Nani 2007 yildan 2014 yilgacha "Manchester Yunayted"da to'p surgan. 34 yoshli futbolchi joriy mavsum "Orlando" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar