So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

Namangandagi "Markaziy" stadion direktori: “O'yingohimizda ishlar jadal bormoqda” Yangiliklar

Namangandagi "Markaziy" stadion direktori: “O'yingohimizda ishlar jadal bormoqda”

Ayni paytda Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda chim yotqizish ishlari olib borilmoqda.

"Navbahor" matbuot xizmati mazkur jarayon qanday borayotganligi borasida “Markaziy” o'yingoh direktori Nabixon Abdug'anievdan intervyu oldik. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

O'zbekiston futbol associaciyasi ijroiya qo'mitasining qaroriga asosan, joylardagi stadionlarga qo'yiladigan talablarga asosan, 2018 yil 3 dekabrdan “Markaziy” stadionni kapital tamirdan chiqarish ishlariga kirishildi. Ishni maydondagi mavjud chimni ko'chirishdan boshladik. Yaroqli maysalarni zaxira stadionining maydoniga ko'chirib o'tqazdik. 25-30 sm. hajmdagi eski tuproqlarni qazib olb tashladik. Drenaj va sug'orish tizimi barpo etildi. Laboratoriyadan o'tkazilgan qumlar 25 sm. qalinlikda yotqizildi. Rossiyadan 20 tonna torf olib kelib, sepildi. Bundan buyon maydon chimini sug'orish to'lig'icha kompyuter orqali amalga oshiriladi. Havo haroratidan kelib chiqib, maysada suvga ehtiyoj sezilsa, avtomatik tarzda sepa boshlaydi. 108 kub hajmda suv sig'adigan rezervuar o'rnatildi. Demak, maydon maysasini to'rt marta sug'orishga etadigan suv zaxirasiga ega bo'ldik. Yozning jarizama issiq kunlarida suv tanqisligi yuzaga kelishi ehtimoli bor. Aynan shunday paytlarda yig'ib qo'yilgan suv variantidan foydalaniladi.
SHuningdek, uzluksiz elektr taminoti borasida bosh qotirilib, aver-avtomat o'rnatildi. Yoritkichlarimiz 1500 lyuksga teng va talab darajasida.



11 martdan chim yotqizish ishlari boshlandi. Ayni paytda stadionda 60 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda. CHim yotqizish ishlarini Xudo xohlasa, Navro'z bayramiga qadar yakunlashni rejalashtirganmiz.

O'z navbatida takidlash joizki, mazkur chim Qarshi shahridan keltirilmoqda.Ushbu maysa bir yil davomida xorij urug'i asosida maxsus plantaciyada o'stirilgan va iqlimimizga mos hamda sifati bo'yicha uncha – buncha Evropa maysalaridan qolishmaydi

SHundan so'ng, mutaxassislar fikriga ko'ra, 40-45 kundan so'ng, maydonda futbol o'ynash mumkin bo'ladi.

Zaxira maydonimiz anchadan buyon foydalanilmay yotgandi. Edi PFL talablari asosida mazkur o'yingoh ham tamirlanmoqda. Jumladan, jamoalar uchun kiyinish xonalari barpo etiladi, plastik o'rindiqlar o'rnatiladi, shuningdek, bu erga suniy maydon ham qurilmoqda.



Keyinchalik mazkur zaxira maydonida “Navbahor”ning U-21 yoshlar va ayollar jamoalari bemalol chempionat o'yinlarini o'tkazishlari mumkin.

Qisqasi, “Markaziy” o'yingohda, tez kunlar ichida “Markaziy” o'yingohda muxlislar “Navbahor”ning uy uchrashuvlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика