So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  6 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  2 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

Namanganda Samvel Babayan, "Navbahor" prezidenti ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi Yangiliklar

Namanganda Samvel Babayan, "Navbahor" prezidenti ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

Namangandagi “Markaziy” o'yingoh anjumanlar zalida “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov, bosh murabbiy Samvel Babayan hamda “Navbahor”ning faxriy va fidoyi muxlislari, fan-klub azolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda dastlab Samvel Babayan so'z olib, jumladan, shunday dedi:

Namangan viloyati hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov bilan uchrashganimizda, yangi mavsumda “Navbahor” brendi va jamoaning shonli davrini tiklash, klub qoshida futbol akademiyasi tashkil etishga oid masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashdik. SHavkat SHokirjanovich futbolni teran tushunadigan inson va “Navbahor” kelajagi uchun jon kuydirmoqda. Namangan – futbolsevarlar viloyati, bu erda muxlislar armiyasi katta kuchga ega. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, aynan muxlislar bois, boshqa klublardan yaxshi takliflar tushganligiga qaramay, “Navbahor”da ishlashga qaror qildim. Bejizga futbolda ishqibozlarni 12-o'yinchi deyishmaydi. Jamoaning g'alabalari ko'p jihatdan siz – muxlislarning qo'llab-quvvatlashinglarga bog'liq. SHuning uchun “Navbahor”ni doimo munosib tarzda, shiorlar ko'targan, futbolchilarni ruhlantiradigan so'zlarni qo'shiq qilib aytish (krichalka) orqali qo'llab-quvvatlashinglarni iltimos qilaman. Klub tomonidan fan-klubga barcha sharoitlar yaratilib beriladi.

“Navbahor”da faoliyat yuritish oson emas, chunki bosim kuchli bo'ladi. Bunday bosimni engish esa oson emas. Futbol sohasidagi insonlar hurmatga loyiq va ularning kasbi oson emas. SHu bois, murabbiylar va futbolchilarni doimo qo'llab-quvvatlashinglarni istayman. “Navbahor” ulkan zafarini so'nggi marta 1998 yili qayd etib, o'shanda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgandi. Bunga ham 20 yildan ko'proq vaqt bo'ldi. SHunday ajoyib muxlislarga ega jamoa ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishi shart. Buni amalga oshirish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Faqatgina sizlar klubning ichki ishiga aralashmay, yaxshi muxlislik qilsanglar bo'lgani.

Oldinlari chempionlik va sovrinli o'rinlar uchun kurash asosan 3 ta jamoa, yani “Paxtakor”, “Neftchi” hamda “Navbahor” o'rtasida kechardi. 2002 yildan boshlab esa “Paxtakor”ning gegemonligi boshlandi... “Navbahor”ning shonli davrlarida jamoaning tashkiliy va selekciya ishlari bilan shug'ullanganman. O'shanda menga, 25 yoshli yigitga klubning o'sha paytdagi prezidenti Hakimjon aka Hoshimov ishonch bildirgandilar. “Navbahor”dagi tajribamni keyinchalik faoliyat yuritgan boshqa klublar, shu jumladan, “Paxtakor”da ham sinovdan o'tkazdim. Ayrim paytlarda bu tajriba samara berdi, bazi paytlarda esa o'zini oqlamadi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, katta futboldagi ilk faoliyatimni aynan “Navbahor”da boshlaganman. Endi klub oldidagi burchimni bajarish uchun yangi mavsumda barcha imkoniyatimni ishga solaman.

Bugungi uchrashuv siz – muxlislar bilan tanishuv sifatida bo'ldi. Keyingi yig'ilishni 2022 yil, yanvar oyi oxirida, yani jamoa azolari yig'indan qaytishganidan so'ng, tashkillashtiramiz va o'shanda yangi futbolchilar bilan ham tanishasizlar. 

Babayan va Samatov rasmlari 11 21.12.2021

SHundan so'ng, klub prezidenti Otabek Samatov so'zga chiqib, quyidagicha fikr bildirdi:

Muxlislar jamoani doimo, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham qo'llab-quvvatlab turishlari zarur. Ammo o'tgan mavsumda bu borada ayrim kamchiliklar ko'zga tashlandi va “Navbahor” mag'lubiyatga uchrayotganida yoki durang natija qayd etayotganida munosib qo'llab-quvvatlash o'rniga futbolchilarga turli nomaqbul so'zlar gapirildi. Bu esa ularning o'yinlariga salbiy tasir o'tkazdi. Masalan, uchrashuvning 1-bo'limi 0:0 hisobida yakunlanadigan bo'lsa, jamoamiz azolari tanaffus paytida kiyim almashtirish xonasida boshlarini egib, ishqibozlar bizga nomaqbul so'zlarni aytishyapti, deyishardi. Haqiqiy muxlis unday bo'lmasligi, sevimli jamoasini doimo, har qanday holatda ham munosib qo'llab-quvvatlashi shart. Biz fan-klub azolariga yaxshi sharoitlarni yaratib berganimizdan so'ng, yangi mavsumda sizlardan endi odob-axloqqa rioya etish, munosib muxlislik qilishni ham talab etamiz.

O'tgan mavsumda ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar tomonidan klubga oid turli asossiz gaplar tarqatildi. Bunday gap-so'zlarni tarqatishdan oldin biroz o'ylash, mushohada qilish lozim. CHunki, o'tgan mavsumning so'nggi tur bahslarida Superligada qolish uchun kurashayotgan “Metallurg”ni o'z maydonimizda (24-tur, 1:0 hisobida), “Andijon”ni esa safarda (25-tur, 2:1 hisobida) mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldik. Vaholanki, ushbu o'yinlardan oldin ishqibozlar tomonidan turli asossiz gaplar tarqatildi. Kezi kelganida, takidlash joizki, “Navbahor” o'tgan mavsum uchun barcha futbolchilar bilan hisob-kitob qilgan va klubning hech qaysi o'yinchidan qarzi yo'q.

Yana shuni ham aytish lozimki, yangi mavsumda klub logotipi o'zgaradi va jamoa liboslari rangi ham almashib, “lochinlar” yangi mavsumda ko'k hamda oq liboslarda maydonga tushishadi. Yangi mavsumda jamoamiz o'z oldiga yuksak maqsadarni qo'ygan va buni amalga oshirish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.

SHundan so'ng, muxlislar raisi Abdullo Ahmedov, fan-klub etakchisi Muzaffar Gapparov, faxriy muxlis Ikromjon Dedashev, shuningdek, Jahongir SHarifiy klub prezidenti Otabek Samatov hamda jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan tomonidan bildirilgan masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tishdi va klub rahbariyati tomonidan iqtidorli futbolchilarga ham katta etibor qaratayotganligi bois, mavsum-2021ning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzodlar qatoridan “Navbahor – U-21” hamda “Navbahor-U-18” jamoalari hujumchilari - Husayn Ergashboev va Asad Jo'raboev o'rin olganligini etirof etishdi.

Uchrashuv so'ngida muxlislar Samvel Vyacheslavovichga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. “Lochinlar” ustozi jamoaga yangi hujumchi jalb etish borasidagi savolga bu borada jadal selekciya ishlari olib borilayotganligini takidlab o'tdi. Yana bir muxlisning: “Boshqa klublardan manfaatli taklif bo'lsa, “Navbahor”ni yarim yo'lda tashlab ketmaysizmi?”  degan savoliga Samvel Babayan unga nafaqat yurtimiz, balki xorij klublaridan ham manfaatli takliflar bo'lganligi, ammo maqsadi Namangan jamoasi bilan yuksak marralarni zabt etish ekanligi sababli, aynan “Navbahor”da ishlashni maqul ko'rganligini takidladi.

Uchrashuv yakunida muxlislar yangi mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo'lib, chempionlik unvonini qo'lga kiritishini tilab, duo qilishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.    

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика