Eshitdik-da! "Neftchi"dan navbatdagi "yurish"
04 jan 11:36
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Neftchi"dan navbatdagi "yurish"
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.
Biroz avval Farg'onaning "Neftchi" klubi Farruh Sayfiev bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, o'tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o'tkazgan yana bir futbolchi Jamshid Boltaboev ham farg'onaliklar safini to'ldiradi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan. 28 yoshli yarim himoyachi bugun "Neftchi" bilan birga Turkiya yig'iniga uchib ketadi.

Malumot uchun, Boltaboev 2022 yilning iyun oyidan beri "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda. SHu kungacha u "lochinlar" safida 8ta gol urib, 16ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar