So’nggi yangiliklar

11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  0 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  6 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  21 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0

Namanganda bo'lib turgan Tailand terma jamoasida ovqatlanish bilan muammolar yuzaga kelgani malum qilindi Yangiliklar

Namanganda bo'lib turgan Tailand terma jamoasida ovqatlanish bilan muammolar yuzaga kelgani malum qilindi

Namangan 8-14 iyun kunlari Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichiga mezbonlik qiladi.

Osiyo kubogi saralash o'yinlarining aynan Namanganda o'tkazilishi bu ushbu viloyat muxlislari uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. Namanganlik muxlislar O'zbekiston milliy terma jamoasining rasmiy o'yinlarini stadiondan turib tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Bu ajoyib.

Biroq xorijiy nashrlarda ushbu saralash bosqichidagi tashkilotchilik masalasiga nisbatan etirozlar paydo bo'ldi. Xususan, Goal.com nashrining yozishicha, Tailand terma jamoasi Namanganda ovqatlanish bilan muammolarga duch kelgan:

Mehmon jamoaning bildirishicha, Namangandagi mehmonxona taqdim etgan taomlarning deyarli barchasida yog' mavjud. Xattoki, SHarqiy Osiyo vakillari sevib imtemol qiladigan guruch mahsuloti ham O'zbekistonda yog'da qovuriladi. Bu esa sog'lom ovqatlanish qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Tailandlik futbolchilar esa bunday ovqatlarni istemol qila olishmagan.  SHu sabab ham, jamoa menedjeri Namangandan koreys va yapon taomlarini o'yinchilar uchun buyurtma qilishga majbur bo'lgan. Keyinroq esa jamoa uchun Toshkent shahridan Namanganga Tailand taomlarini ham buyurtma qilgan. Yo'lga esa to'rt soat vaqt sarflanishi qo'shimcha qilingan. Goal nashri bergan xabarda ushbu jarayon saralash bosqichi yakuniga qadar davom etishi aytilgan.

SHu o'rinda bir necha savollar tug'ilishi aniq: Musobaqa tashkilotchilari mehmon jamoalarning ovqatlanish madaniyati va hayot tarzidan bexabar bo'lishganmi? Nega boshqa terma jamoalar birlamchi ehtiyoj bo'lgan ovqat uchun sarson bo'lishlari kerak? Mehmonxonada raqib terma jamoalariga maqul keladigan taomlar tayyorlashning iloji yo'qmi? 

Guruhimizdagi uchchala jamoaning (Tailand, Maldiv va SHri-Lanka) ham ovqatlanish madaniyati o'zaro o'xshash. Yani Tailand jamoasida kuzatilayotgan muammo boshqa terma jamoalarda ham kuzatilayotgan bo'lishi mumkin. Saralash bosqichi tashkilotchilari barcha jamoalarga qulay va teng sharoit yaratib berishlari lozim. Aks holda, bu raqib jamoalarning etiroziga sabab bo'lishi mumkin. Tailand terma jamoasida kuzatilgan holatning xorijiy nashrlarda ko'tarilishi esa O'zbekiston imidji uchun yomon tasir o'tkazishi aniq. Albatta, terma jamoa o'yinlarini Namanganda o'tkazish juda yaxshi g'oya. Ammo futbol faqatgina maydondagi o'yindan, muxlislardan iborat emas. Musobaqa mezboni sifatida biz barcha terma jamoalarga teng sharoit yaratib berishimiz lozim. Ayniqsa, shu guruhda aynan o'z terma jamoamiz kurash olib borayotgan vaziyatda.

Muallif : Administrator
Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика