Nagelsman: “Keyn Bundesligada ko'plab gollarni urishga qodir”
23 iyu 2022 09:15
Yangiliklar
Nagelsman: “Keyn Bundesligada ko'plab gollarni urishga qodir”
“Bavariya” ustozi Yulian Nagelsman “Tottenxem” forvardi Xarri Keynning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
“U qoyilmaqom, u dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Balki, u Bundesligada ko'plab gollar urgan bo'lardi. U qimmatbaho o'yinchi. Narxini bilmayman, ammo transferni amalga oshirish “Bavariya” uchun juda qiyin. Biroq keling, kelajakda nima bo'lishini kuzatamiz”, deydi mutaxassis.
Oldinroq, myunxenliklar futbolchi bilan muzokaralar boshlagani va uni keyingi yil yozida o'z safiga qo'shib olish variantini o'rganib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar