MYU yakuniy qarorni qabul qildi: Garnacho O'zbekistonga qarshi o'ynamaydi
28 apr 2023 17:55
Yangiliklar
MYU yakuniy qarorni qabul qildi: Garnacho O'zbekistonga qarshi o'ynamaydi
Avvalroq futbolchi jahon chempionatida o'ynash uchun kubok finalidan voz kechmoqchi ekanligi aytilgandi.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Alexandro Garnacho bilan bog'liq yakuniy qarorni qabul qildi. Bu haqda UtdPlug xabar berdi.
Unga ko'ra, "qizil iblislar" chap qanot vingerini 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati uchun Argentina termasi ixtiyoriga qo'yib yubormaydi.
Garnacho asosiy jamoa bilan birgalikda iyun oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Avvalroq hujumkor yarim himoyachining o'z mamlakatida o'tkaziladigan mundialda ishtirok etish uchun Angliya kubogi finalidan voz kechmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Argentina mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatida Xaver Maskerano shogirdlari O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Fikrlar