MYU franciyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaydi
11 dek 2023 20:17
Yangiliklar
MYU franciyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaydi
Antoni Marsyal mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etadi.
28 yoshli hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi va unda kelishuvni bir yilga uzaytirish bandi bor.
Malumotlarga ko'ra, "Yunayted" bitimni uzaytirmoqchi emas. Qishda takliflar tushmasa, futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Marsyal 2015 yilda "Monako"dan MYUga o'tgan edi. U mankunianlar safida hozirgacha 317ta o'yinda maydonga tushib, 90ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar