MYU bilan o'yinda "Benfika"ning 18 yoshli darvozaboni ikkita rekord o'rnatdi FOTO
01 noy 2017 21:52
Yangiliklar
MYU bilan o'yinda "Benfika"ning 18 yoshli darvozaboni ikkita rekord o'rnatdi FOTO
Kecha tunda bo'lib o'tgan ECHL 4-turi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda "Benfika" darvozaboni Mile Svilar bir emas ikkita rekord o'rnatdi.
Avvaliga Svilar 15 daqiqada Antoni Marsyal tepgan 11 metrlik zarbani qaytardi va CHempionlar ligasida penaltini qaytargan eng yosh kiperga aylandi. Mile rekordni 18 yosh 65 kunlik bo'lganda o'rnatdi.
Uchrashuvning 45 daqiqasida Svilar to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi va ECHL tarixidagi eng yosh avtogol sohibiga aylandi. Nemanya Matichning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi va qaytgan to'p Svilarga tegib darvoza to'ridan joy oldi.
Fikrlar