Muzaffar Muzaffarov "Dinamo" o'yinchisiga aylandi
28 jan 2022 18:01
Yangiliklar
Muzaffar Muzaffarov "Dinamo" o'yinchisiga aylandi
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, «Dinamo» jamoasi safiga «Turon» yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov kelib qo'shildi. 26 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Malumot uchun, Muzaffar Muzaffarov faoliyati davomida Superligada «Neftchi» (2014, 2017), «So'g'diyona» (2015, 2016), AGMK (2018), «Metallurg» (2019), «Qo'qon-1912» (2020) va «Turon» (2021) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, o'tgan mavsum «Turon» safida 23 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar