So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  1 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Muxtor Qurbonov: "O'yinga xos natija" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "O'yinga xos natija"

G'uzorliklar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov uchrashuvdan so'ng quyidagilarni takidlab o'tdi.
"Bugungi uchrashuv biroz asabiy ruhda o'tdi. Bundan tashqari uchrashuvning 16-30 belgilanganli va ob-havoning issiqligi ham tasir o'tkazdi deb o'ylayman. CHunki ikkala jamoa futbolchilarining harakatida charchoq sezilib turdi. Lekin shunga qaramay o'yin jamoamiz ustunligida o'tdi va yigitlarning harakati o'z natijasini berdi. Birinchi bo'limda futbolchilarimiz bir nechta havfli vaziyatlarni samarasiz yakunlashdi ammo ikkinchi bo'limda ular xatolarini to'g'irlashga harakat qilishdi va natijada Suhrob Berdievning raqib darvozasiga chiroyli tarzda gol kiritib jamoaga kerakli 3 ochkoga ega bo'lishimizga o'z hissasini qo'shdi. Natija o'yinga xos bo'ldi deb o'ylayman", - deydi Qurbonov.

- Igor Taran bugungi uchrashuvda ham oldingi o'yinlarda ham ko'pgina vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda. Siz ushbu futbolchining bu tarzdagi harakatlarini qanday baholaysiz?


- To'g'ri Igorga biroz tezlik etishmayapti ammo men bu uchun futbolchini ayblolmayman. CHunki bugungi o'yinda ham avvalgi uchrashuvlarda ham u o'z joyida, o'zining ampluasida emas, balki boshqa vazifani bajarish uchun harakat qildi. Ammo uni ko'p qirrali futbolchi ekanligini inobatga olib, asosiy tarkibda harakat qilishi uchun tushurmoqdamiz.

- “SHo'rtan” bu yilda Oliy ligadagi maqsadlari haqida nima deya olasiz?

- Birinchi ligadan oliy ligaga chiqqanimizdan so'ng jamoa tarkibini deyarli tubdan o'zgartirdik. Barcha futbolchilar yangi. Avval ham aytib o'tganimdek yigitlar bir-birlarini to'liq o'rganib, ko'nikib, tushinib olishlari uchun vaqt talab etiladi. Ularga hozirgi paytda aynan shu narsa etishmayotganlini sezib turibman. Lekin ishonchim komil, yigitlar tez orada bu muammoning echimini topishadi va chiroyli, keskin kurashlarga boy o'yinlari bilan muhlislarga quvonch ulashishadi.

- Keyingi uy uchrashuvi “derbi” maqomi ostida Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan o'tadi. Bu o'yinga qandaydir asosiy tarzda tayyorgarlik olib borasizmi?

- Oldimizda "Nasaf" bilan uchrashuvdan oldin “Paxtakor” jamoasi bilan kechadigan bahs turibdi. SHuning uchun biz avvalam bor  ushbu o'yinga jiddiy tayyorlanamiz.

- Jamoaning moliyaviy ahvolini qanday baholaysiz?

- Jamoada moliyaviy tomondan jiddiy muammolar yo'q deb o'ylayman. Sababi rahbariyat qo'ldan kelguncha jamoani qo'llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Jamoa rahbarlari menga bo'lgan ishonchlarini, yigitlar bilan birgaligda oqlashga biz ham harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика